Samarqand viloyati Iştixon tumanida xotinini kaltaklab unga tan jarohatlari yetkazgan şaxsga jinoiy iş qözğatilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 3 mart kuni Iştixon tumani, «Zirabuloq» MFY, Arabxona qişloğida yaşovçi Ş.T. özaro janjal natijasida turmuş örtoği Ş.Yu.ni kaltaklagan. Oqibatda Ş.Yu. tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlaşmasiga murojaat qilgan.
Bundan taşqari, 2021 yil 20 mart kuni Ş.T. mast holda xotinining qizlik uyiga kelib, uning ota-onasi va akasi M.Ş.ni uyatli sözlar bilan haqorat qilgan. Kelib çiqqan kelişmovçilik oqibatida kelinning akasi M.Ş. kuyovi Ş.T.ga tan jarohati yetkazgan.
Qayd etilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Iştixon tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Ş.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan, M.Ş.ga nisbatan 109-moddasi 2-qismi bilan ayb e'lon qilingan bölib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Töraqörğonda 9 oylik kelin eri tomonidan ayovsiz kaltaklab kelingani ma'lum böldi
Samarqandda xotinini ayovsiz kaltaklagan er qölga olindi: ayol muttasil kaltaklangan bölişi mumkin












