IIB tomonidan berilgan rasmiy xabarda Samarqand şahar Termiz köçasida yaşovçi 1995 yilda tuğilgan M. oilaviy kelişmovçiliklari sababli turmuş örtoği — 1985 yilda tuğilgan Ş. tomonidan qiynoqqa solinib, kaltaklab kelingani aytilgan.
«Joriy yilning 20 avgust kuni M.ning turmuş örtoği Ş. sababsiz, turli bahonalar bilan yaşayotgan uyida uni ayovsiz urib, oyoqlari bilan turli joylariga tepib, tan jarohati yetkazgan.
«Hozirda M. va uning ikki nafar farzandi Samarqand şahri böyiça IIO FMB tomonidan himoyaga olinib, IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boşqarmasi Xotin-qizlar masalalari böyiça inspektorlari tomonidan himoya orderi berilib, malakali psixologlarni jalb qilgan holda farzandlari va öziga moddiy va ma'naviy yordam körsatilmoqda.
Uning turmuş örtoği Ş.ga nisbatan Samarqand şahri böyiça IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.
Kun.uz suhbatlaşgan IIB vakilining ma'lum qilişiça, kaltaklaniş holatlari oilaning uyidagi kamerada yozilgan. Jabrlangan ayol amallab videoyozuvlarni köçirib olgaç, tasvirlar tarqalib ketgan. Aslida, ayolning uyda eri tomonidan şafqatsiz kaltaklanişi ançadan buyon takrorlanib turgan.
Mazkur videotasvirlar 22 avgust kuni tarqalgan. 23 avgust kuni IIB xodimlari oila yaşaydigan xonadonga borişganida ayol oğir ruhiy tuşkunlikda bölgan.
Uning turmuş örtoği esa tasvirlar internetda tarqalgaç, qoçib ketgan. 23 avgust kuni keçqurun IIB xodimlari ma'lumot asosida Toşkentga kelib, ayolning turmuş örtoğini qölga olişgan va 24 avgust kuni u Samarqandga olib ketilgan.
Kaltaklangan ayolning tanasidagi jarohatlar (masalan, qölidagi gips) ham videotasvirlardagi voqea yaqin orada sodir bölganini anglatadi. Tergov jarayonida qolgan tafsilotlar aniqlanişi kutilmoqda. Ayol esa çuqur ruhiy tuşkunlikda bölgani uçun hozirça batafsil muloqot qiyin bölgani aytilmoqda.












