Boğça bollari öz vaqtida fuqarolar tomonidan evakuatsiya qilingan.

Boğaro mahallasi fuqarolari bilan boğlangan Kun.uz muxbiriga ma'lum qilinişiça, mahalla hududidan ötuvçi kanal özani tösib qöyilişi toşqinga sabab bölgan.

Avvalroq fuqarolar kanalning özanini oçişni sörab hokimlikka bir neça bor murojaat qilişgan. Natijada kanal qazilgan. Ammo oradan köp vaqt ötmay özan yana tösilgan.

Qumqörğon tuman hokimi örinbosari Murod Qultoyev ham şu hududdagi xonadonda istiqomat qiladi. Uning uyi tegişli taşkilotlar xodimlari tomonidan toşqin natijasida oqib kelgan loy va çiqindilardan tozalangan.

Qumqörğon tuman hokimi Rahmatilla Ğafforov toşqin yuz bergan mahallani borib körgan.

Ma'lum bölişiça, hududda kanalizatsiya örnatilmagan. Köçalarga asfalt yotqizilmagan. Namunaviy uy-joylar qurilişidan oldin hududga sel keliş havfi hisobga olinmagan.

Ma'lumot uçun, 2018 yilda ham Boğaro, Çaşga, Azlarsoy mahallalariga bahorgi yoğingarçilik sabab katta sel kelgan va fuqarolarga konpensatsiya pullari tölab berilgan.