2021 yil 1 sentyabrga qadar yirik şaharlarda, viloyat va tuman markazlarida taşabbuskor tadbirkorlik sub'yektlari bilan hamkorlikda savdo va köngiloçar köçalar taşkil etiladi. 

“Xizmatlar sohasini jadal rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qaroriga köra, savdo va köngiloçar köçalarda köçma savdo obektlari uçun joylar tadbirkorlik sub'yektlariga elektron onlayn-auksion asosida sotiladi, barça tadbirkorlik sub'yektlariga jamoat xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda 24 soat mobaynida tun-u kun faoliyat yuritiş huquqi beriladi.

Içki işlar vazirligi Milliy gvardiya bilan birgalikda bir oy muddatda savdo va xizmat körsatiş obektlarining 24 soat mobaynida tun-u kun faoliyat yuritişiga doir jamoat xavfsizligi böyiça soddalaştirilgan talablarni örnatişni nazarda tutuvçi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

2021 yil 1 sentyabrdan boşlab masofaviy (onlayn) ta'limga asoslangan nodavlat ta'lim xizmatlarini körsatiş uçun mulkiy yoki boşqa aşyoviy huquqlar asosida binolarning mavjud bölişi haqida talab bekor qilinadi.

Davlat statistika qömitasi 2021 yil 1 oktyabrga qadar xorijiy va mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda xizmatlar statistikasini yuritişni, jumladan, axborot-kommunikatsiya va dasturlaş xizmatlarini hisobga oliş metodologiyasini xalqaro standartlar asosida takomillaştiradi, respublika hududlarida xizmatlar sohasining rivojlaniş holatini hamda samaradorligini taqqoslaş imkonini beruvçi hisobot şakllari va metodologiyalarni işlab çiqadi.