Rossiyaning Omsk viloyati soğliqni saqlaş vaziri Aleksandr Muraxovskiy uç kunlik qidiruvlardan söng topildi. Aniqroği, uning özi örmondan çiqişga muvaffaq bölgan, deb xabar bermoqda viloyat ma'muriyati axborot xizmati. Muraxovskiy ötgan yil avgustda zaharlaniş taşxisi bilan olib borilgan siyosatçi Aleksey Navalniyning hayoti saqlab qolingan kasalxona boş şifokori bölgan. Keyinçalik u viloyat soğliqni saqlaş vaziri etib tayinlandi.
«Ria novosti»ga köra, Muraxovskiy yöqolib qolgaç, örmonda Basli qişloği hududidagi aholiga duç kelib qolgan. Topilgan vaqtda umumiy ahvoli örtaça bölgani uçun 49 yoşli vazir tibbiy yordam va şifoxonada davolanişni rad etgan. U ayni damda Bolşeukovskiy tumani şifoxonasida bölib turgani aytilmoqda.
Muraxovskiy 7 may kuni Bolşeukovskiy tumanidagi ov bazasiga borgaç, yöqolib qolgan. 8 may kuni uni avval tanişlari, keyin politsiya qidirişga tuşadi. Topilmagaç, qidiruv işlariga Rosgvardiya, FVV, ov inspektorlari hamda «Liza Alert» otryadi köngillilari ham qöşiladi. 9 may kuni qidiruvçilar ov bazasidan 6,5 km uzoqda Muraxovskiyning kvadrosiklini topişadi, ammo uning özi topilmaydi. 10 may kuni ertalabdan qidiruv davom ettirilgan. Aytilişiça, boş şifokor yöqolgan örmonda qalin buta botqoqliklar köp bölgani bois qidiruv işlari oğir keçgan.
Muraxovskiy örmondan çiqib kelgan joy Pospelovo qişloğidan 32 km uzoqlikda. U bilan telefonda gaplaşgan turmuş örtoği «Dojd» telekanaliga intervyu berarkan «qidiruv masştabiga tuşunmaganini» aytgan.
Muraxovskiy Omsk viloyati soğliqni saqlaş vaziri etib tayinlanişidan oldin tez tibbiy yordam şifoxonasida boş vraç bölgan. Bu şifoxonaga ötgan yil 20 avgust kuni siyosatçi Aleksey Navalniyni samolyot bortidan kutilmaganda oğir ahvolda olib kelişgandi. Tomskdan Moskvaga uçayotgan samolyot Navalniyning ahvoli yomonlaşgani sabab Omsk aeroportiga favqulodda qönişga majbur böladi. Siyosatçining özi Yuriy Dud bilan intervyusida aynan Omskdagi şifokorlarning professionalligi sabab omon qolganini aytadi.
Şifoxonada huşsiz bölgan Navalniyga boş vraç Aleksandr Muraxovskiy taşxis qöyib, qonda şakar miqdorining keskin kamaygani, şuningdek, bemorning ahvoli metabolik kasallik bilan ham boğliq bölişi mumkinligini aytadi. Muraxovskiy öşanda Navalniyni yaqinlari xohlaganidek Berlinga köçiriş şart emas deb hisoblagandi. Bu vaqtda Berlindagi «Şarite» şifoxonasi Navalniyni qabul qilişga tayyorligini bildirgan. Siyosatçining xotini uni Berlinga olib ketişga ruxsat ololmayotgani sabab Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaat qilib, ruxsat oladi. Navalniy aynan «Şarite» klinikasida 7 sentyabr kuni komadan çiqadi.








