Yaqin-yaqin zamonlargaça ommaga faqat televideniye va katta ekranlar orqali taniliş mumkin edi. Buning uçun kastinglardan ötiş, taniş-biliş, prodyuser va kattagina pul kerak bölardi. Bugun esa maşhurlikka erişiş uçun telefon bölsa kifoya.

SUBeKTIV loyihasining navbatdagi mehmonlari vaynçilar (yumor va satira yönalişida qisqa video oluvçilar) bölişini bilganda, köpçilik: «Nima qilasizlar ularni çaqirib, bekorçilar-ku, ulardan nima ham çiqardi» qabilida munosabat bildirişdi.

Bunday salbiy munosabatga qaramay, bugun vaynçilarni yuz minglab insonlar tomoşa qilyapti. Va ular hozirgi kunda ança-munça kasb egalaridan köra köproq daromad topişadi

Xöş, vaynçilar aslida kim? Ularning fikrlaş doirasi qanday va nahotki ulardan halqqa heç qanday manfaat tegmasa? Şu kabi savollarga javobni SUBeKTIV'ning yangi sonidan topasiz.

Körsatuvimiz mehmonlari Timur Alixonov, Farhod Mannopov (Mittivine) va Uluğbek Şodibekovlar (Mitti.me) bölişdi.

Körsatuvni yuqoridagi video yoki SUBeKTIV'ning YouTube'dagi sahifasida tomoşa qiling.

Jamşidxon Ziyoxonov suhbatlaşdi.
Tasvirçi – Muhammadjon Ğaniyev.
Montaj ustalari – Muhammadjon Ğaniyev, Jamşidxon Ziyoxonov.