Sessiyada şahar prokurori taqdimnomasiga asosan deputatlarning köpçiligi ovoz berişi evaziga Şuhratbek Karimov deputatlik daxlsizligidan mahrum etilgan. Yiğilişga kelgan barça deputatlardan telefon va ovoz yoziş moslamalari olib kirilmasligi talab qilinib, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan tintuv ötkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan vakolatli organlar hamda deputatlar salbiy fikr bildirib, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi Andijon şahar kengaşining sessiyasida bir guruh deputatlar tintuvdan ötkazilganiga munosabat bildirib, prokurorning bunday harakatini «oqlab bölmasligi»ni, u birinçi navbatda korrupsiya holati haqida xabar bergan şaxsni himoya qilişi kerakligini ta'kidladi.

Milliy gvardiya ma'lumotlariga köra, Andijon şahar hokimining topşiriğiga asosan sessiya işi boşlangunga qadar Andijon şahar IIB, şahar prokuraturasi va hokimligidan ajratilgan mas'ul xodimlar kuzatuvi ostida qöriqlaş xodimi tomonidan taşrif buyurgan sessiya qatnaşuvçilari metallodetektor yordamida körikdan ötkazilgan va uyali aloqa hamda ovozli videoga oluvçi vositalarini qoldirib kirişlari talab etilgan.

Mazkur holat Oliy Majlis Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatiga kömaklaşuvçi komissiyasi tomonidan nazoratga olingan.

Kun.uz muxbiri vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida jurnalistik suriştiruv ötkazib, deputat daxlsizligidan mahrum bölgan Şuhratbek Karimov, mazkur majlisda iştirok etgan deputat Jahongir Jiyanov, xalq deputatlari Andijon şahar kengaşi kotibi, tintuv ötkazgan Milliy gvardiya xodimlari hamda Andijon şahar hokimligi mutasaddilaridan izoh oldi.   

Deputat Jiyanov: prokuraturaning sessiya kun tartibiga masala kiritişga qonuniy vakolati yöq

Jahongir Jiyanov

Andijon şahar kengaşi deputati Jahongir Jiyanov sessiyada kuç işlatar tuzilmalar vakillari iştirok etişi, deputatlarning sessiyaga kirişdan oldin tintuv qilinişi mutlaqo qonunga zid ekanini qayd etib ötdi.