Jamiyat | 16:56 / 20.05.2021
2970
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda Damas haydovchisi piyodani urib yubormaslik uchun rulni burib yubordi, mashina ag‘darilib ketdi

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida piyoda harakatlanib ketayotgan Damas mashinasining oldiga yugurib chiqqan. Haydovchi uni urib yubormaslik uchun rulni keskin burib yuborgan va yo‘l chetiga ag‘darilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, bugun, 20 may kuni soat taxminan 13:40 larda Ishtixon tumanining Ishtixon ko‘chasida harakatlanib kelayotgan Damas avtomashinasi ro‘parasidan piyoda yugurib chiqib qolgan. Haydovchi uni urib yubormaslik uchun rul boshqaruvini o‘ng tomonga keskin burgan. Shunga qaramasdan, piyoda Damas’ga urilib ketib, tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Shuningdek, mazkur yo‘l-transport hodisasida, haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan. Oqibatda Damas haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchi yengil tan jarohatlari olib, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan. Hozirda Damas’ga urilgan piyodaning ham ahvoli yaxshi.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Ishtixon tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid