Samarqand viloyati Kattaqörğon tumanida 3 yoşli bola enaga qaramoğida bölgan vaqtida zöravonlikka uçragani aytilmoqda. Hozir bola oğir ahvolda jonlantiriş bölimida davolanmoqda (tahririyatda bolaning ayançli ahvolda ekanini körsatuvçi videolar mavjud).

Maʼlum bölişiça, bolaning onasi taxminan ikki oy davomida farzandini enaga qaramoğiga qoldirib, özi işlagan. Oila asli Narpay tumanidan. Bolaning otasi xorijda mehnat qiladi, onasi esa oilaviy kelişmovçiliklar sabab Narpaydagi uyidan ketib, farzandini Kattaqörğonda enagaga qoldirgan holda kafeda idiş yuvuvçi bölib işlagan.

Kun.uz’ga taqdim etilgan videolarda bolaning tanasida kuyişga öxşaş oğir jarohatlar va kökarişlar aks etgan. Şuningdek, bolaga nisbatan şafqatsiz munosabat qilingani körinadi. Voqeadan xabar topgan qöşnilar içki işlar organlariga murojaat qilgan. Şundan söng bola şifoxonaga olib borilgan.

«3 yaşar bolaning badanida soğ joyi yöq»

Bolaning yaqinlaridan birining aytişiça, voqeadan keyin huquqni muhofaza qiluvçi organlarga bir neça bor murojaat qilingan. Ammo uning sözlariga köra, holat böyiça tibbiy ekspertiza ham tayinlanmagan.

«3 yaşar bolaning badanida soğ joyi yöq. Qöllarini sim bilan boğlab qöygan, sim izlaridan qolgan jarohatlar yiringlab ketgan hattoki. Qizib turgan elektr plita ustiga bolani ötqazgan, orqasi juda çuqur, qattiq kuygan. Odam bolasi şunday qiladimi? Hozir bola operatsiya qilinib, öz terisidan olib kuygan joylarni yamaşdi şifokorlar. Lekin şu vahşiylikni qilgan odamga biror çora körilmadi şunça kundan beri. Na içki işlar, na prokuratura qaramadi. Narpayga yozsam, Kattaqörğonda bölgan – ularga yozing deydi. Kattaqörğonga yozsam jimjit. Oxiri Samarqand viloyat prokuraturasiga yozdik, ulardanam biror najot bölmadi. Bir haftadan oşyaptiki, hamma jim», - deydi u.

Bolaning yaqinlari hozir uning davolanişi bilan birga, unga kim va qanday şaroitda zöravonlik qilganiga huquqiy baho berilişini kutmoqda.

Bu birinçi holat bölmasligi mumkin

Voqea guvohlaridan biri enaga avval ham boşqa bolalarga qaraganini va uning telefonida bolalarga nisbatan zöravonlik aks etgan videolar bölganini aytmoqda. Uning sözlariga köra, ayol bolaning soçini pinset bilan yulib, bu holatni telefonga tasvirga olgan.

«Şunçalik azob berganki, bolaning soçini pinsetda bittalab yulib şaxsiy telefoniga videoga olgan. Bu ayol avval ham bolalarga qaragan uyida, boşqa bolalarniyam şunday holga solgan. Lekin heç kim indamagan, telefonida bolaçalarning kaltak oqibatida qonga belangan holatlari tasvirga olingan. Farzandidan xabar olgani kelgan ota-onalarga bolasi ularni körsa yiğlaşini aytib darvozani oçmas ekan. Baʼzi ota-onalar şuning uçun ham bolasining ahvolidan bexabar bölgan», - deydi guvoh.