Kun.uz tahririyatiga Toşkent viloyati Olmaliq şahar Söfi Olloyor mahallasi Totuvlik köçasi 9-b uy 10-xonadonda yaşab kelayotgan Akbarşoh Zokirov murojaat qilib, prezident tomonidan nogironligi bor fuqarolarga berilgan uydan çiqarib yuborişmoqçi ekanligini aytdi.

«Order va sertifikatimiz bor. Tadbirkor bizni uydan çiqarib yubormoqçi»

Akbarşoh Zokirovning aytişiça, 2018 yilning yozida hokimlik tomonidan prezident sovğasi sifatida Olmaliq şahri Söfi Olloyor mahallasi Totuvlik köçasida joylaşgan «9-b» uydan uy berişadi.

«Hokimlik dastlab «9-b» uyning 53-xonadonini berdi. Kvartirani topşiriş jarayonini «Özbekiston 24» telekanali orqali namoyiş etişdi. Mazkur xonadonda ikki yarim oy yaşadim. Uy sanitar-gigiyena talablariga umuman javob bermasdi. Zax tortib, moğor bosib ketdi. Bu uyda köp kasal bölib qolaverdim. Şundan söng şahar SES bu uy sanitar talablarga javob bermasligi böyiça xulosa berdi.

2018 yilning dekabrida hokimlik meni şu uyning 10-xonadoniga çiqardi. Xonadon ta'mirga muhtojligi sabab özim qaytadan ta'mirladim. Oradan bir yil ötib, 10-xonadonga order berişdi. Salkam 3 yildan beri şu xonadonda yaşab kelyapman.

Lekin bundan bir haftaça oldin şu uyni qurgan firmaning yuristi va hokimlik mutasaddisi kelişdi. Firma yuristi bu uydan çiqib ketişimizni, hujjatlar noqonuniy ekanligini, uyni böşatib qöyişimiz kerakligini aytdi.

Şuningdek, şu uyda yaşayotgan, nogironligi bor yana bir xonadonga ham şunday talab qöyilmoqda. Axir bizda order va sertifikatlar bor. Nogironligimiz bor. Biz qayerga boramiz?» deydi Akbarşoh Zokirov.

«Fuqaro uyidan çiqarilmaydi. U hokimlik himoyasida» – Olmaliq şahar hokimligi