Şaxsiy uy yoki kvartiraga ega böliş an’anaviy ravişda moliyaviy farovonlikning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. Biroq uy-joy egalari uluşi eng yuqori bölgan mamlakatlar har doim ham dunyoning eng boy davlatlari emas.
OECD Affordable Housing Database ma’lumotlari uy-joyga egalik darajasiga aholi daromadidan köra davlatning tarixiy uy-joy siyosati köproq ta’sir körsatişini körsatmoqda.
Reytingda birinçi örinni Slovakiya egallagan. Bu mamlakatda uy xöjaliklarining 93,5 foizi şaxsiy uy yoki kvartiraga ega. Keyingi örinlarda Ruminiya va Xorvatiya joylaşgan.
Umuman olganda, reytingning yuqori poğonalarini hozirgi va sobiq sotsialistik davlatlar egallagan. Birinçi önlikka Litva, Bolgariya, Polşa va Latviya ham kirgan.
Rossiyada 2026 yilda Butunrossiya jamoatçilik fikrini örganiş markazi tomonidan ötkazilgan tadqiqotga köra, aholining 87 foizi öziga yoki oilasiga tegişli uy yoki kvartirada yaşaydi.
Mutaxassislar bunday holatni köp jihatdan sotsialistik tizim merosi bilan izohlaydi. Sotsialistik blok parçalanganidan keyin köplab davlatlarda davlatga tegişli uy-joylar xususiylaştirilib, ularda yaşagan fuqarolarga juda arzon narxlarda sotilgan.
Natijada qisqa vaqt içida millionlab oilalar kvartira va uylarning tölaqonli mulkdoriga aylangan.

Xitoy törtinçi örinda
Xitoy 90 foizlik körsatkiç bilan reytingda törtinçi örinni egallagan. Mamlakatda uy-joy egalari uluşining yuqori bölişi 1990-yillarda amalga oşirilgan keng kölamli uy-joy islohotlari bilan boğliq.
Öşa davrda davlat öz tasarrufidagi kvartiralarni ularda yaşovçi aholiga imtiyozli narxlarda ommaviy ravişda sota boşlagan. Bu dastur köçmas mulk egalari sonini tez oşirgan.
Şundan söng köçmas mulk millionlab xitoylik oilalar uçun asosiy aktiv va boylik jamğarişning eng muhim vositasiga aylangan. Hozir ham uy-joy bozori Xitoy iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biri bölib qolmoqda.











