Ş.ning aytişiça, u Samarqand şahridagi litseylardan birida tahsil oladi. U bilan birga öqiydigan kattaqörğonlik dugonasi D. taniqli estrada xonandasi J.ni şaxsan tanişi, özlariga yaqin hududda tuğilgani va oilaviy bazmlarga kelib turişini aytib yuradi. D. dugonasiga agar istasa, uni xonanda J. bilan taniştirib qöyişi mumkinligini aytadi. Aksariyat yoşlar qatori Ş. ham xonandaning qöşiqlarini eşitib yurgani sabab u bilan şaxsan tanişişga qiziqib qoladi.

2020 yil 12 iyun kuni D. dugonasi Ş.ni konferensaloqa orqali xonanda J. bilan telefonda suhbatlaştiradi. Xonanda: «Kattaqörğonga keling, sizni özim kutib olaman», deydi. Suhbatning ertasiga, 13 iyunda qiz yölga çiqişidan avval D. bilan yana gaplaşib oladi. Dugonasi uni tumanda kutib turişiga, keyin opasinikiga borişlariga kelişiladi. Soat 18:30lar atrofida xonanda J. qizlarni köça boşida oq «Lasetti» maşinasiga mindirib, boşqa bir hovliga olib boradi. Ş. u yerda uyning egasidan taşqari yana ikki kişi bölganini aytmoqda.
J. dasturxon ustida Ş.ga konyakka öxşaş içimlik quyib beradi. U içişni rad etgaç, «iç, içib kör» deya majburlaydi. Qiz öşa içimlikni içganidan biroz ötib, xonanda uni «sizda gapim bor» deb boşqa xonaga olib ötgan. Öşa xonada Ş.ga: «Dugonang sening qiz bola emasligingni aytyapti», degan. Qiz bu gapdan söng özining bokira ekanini bildirib, qarşilik körsatsa-da, yigit kuç işlatib, u bilan jinsiy aloqada böladi.
Ş. bu holatdan karaxt ahvolga tuşib qolgani va dodlay boşlaganini aytmoqda. Qoronğida köçaga çiqib ketganini körgan J.ning şeriklari taşqarida uni maşinaga mindirib, piçoq öqtalgan, qabriston oldiga olib borib qörqitişgan. Ma'lum muddatdan söng yana öşa hovliga qaytarib olib kelişgan. Xonanda: «Sen qiz bola çiqmading», deya u bilan yana bir marta jinsiy aloqada bölgan.
Biror soatlardan söng qizlarni D.ning uyiga taşlab ketişgan.
Ikki kun davomida Ş. qörquv va tuşkun holatda Kattaqörğonda qolib ketganini ma'lum qildi. Özining holatini xolasiga telefon orqali bildirgaç, otasi bilan birga yetib borişgan...

Bu voqealardan xabar topgan Ş.ning yaqinlari avvaliga andişa qilişganini aytmoqda. Masalan, xolasi xonandaning uyiga borib, oila a'zolariga bu haqida xabar bergan. Imi-jimida turmuş qurişlarini taklif qilgan. Tabiiyki, J.ning onasi, yaqinlari sovuq munosabatda bölişgan. Qizning özini ayblaşgan. «Bizni öğlimizning tayini yöq, qizlaring baxtli bölolmaydi. Tengi çiqsa, boşqaga berib yuboringlar», deyişgan.

















