«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ rahbari Muratbay Bazarimbetovga nisbatan qözğatilgan jinoyat işini sudda köriş 28 may kuni boşlanadi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati Kun.uz’ga ma’lum qildi.
Ma’lum qilinişiça, iş jinoyat işlari böyiça Xiva şahar sudi tomonidan köriladi.
Eslatib ötamiz, «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ rahbari Muratbay Bazarimbetov pora olganlikda gumonlanib, huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan uşlangani haqida xabar berilgandi.
Keyinçalik Boş prokuratura qöşimça ma’lumot berib, 2020 yil 24 dekabr kuni Boş prokuratura huzuridagi IJQK departamenti Xorazm viloyati boşqarmasi tomonidan «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ boş direktori Muratbay Bazarimbetov va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilganini ma’lum qilgandi.
Ma’lumotga köra, jinoyat işi qözğatilişiga M.Bazarimbetovning Tuproqqal’a tumani hududida yangidan taşkil qilinayotgan «Best Azia Metan» MÇJga örnatiladigan 630 kVt transformator punktini 6-10 kVt elektr liniyasiga yaqin tayançdan 6500 kVt.ga ulanişda amaliy yordam beriş evaziga 15 ming AQŞ dollarini öz xizmat xonasida tamagirlik yöli bilan pora tariqasida olgani asos bölgan.











