«2020 yil 24 dekabr kuni Boş prokuratura huzuridagi IJQK departamenti Xorazm viloyati boşqarmasi tomonidan «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ boş direktori Bazarimbetov Muratbay Allambergenoviç va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatildi.
Jinoyat işining qözğatilişiga M.Bazarimbetovning Tuproqqal’a tumani hududida yangidan taşkil qilinayotgan «Best Azia Metan» MÇJga örnatiladigan 630 kVt transformator punktini 6-10 kVt elektr liniyasiga yaqin tayançdan 6500 kVt.ga ulanişda amaliy yordam berişi evaziga 15 000 AQŞ dollarini öz xizmat xonasida tamagirlik yöli bilan pora tariqasida olgani asos bölgan.
Hozirda uşbu jinoyat işining dastlabki tergov harakatlari Xorazm viloyat prokuraturasi uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiyaga qarşi kuraşiş bölimi tomonidan olib borilmoqda.
Jinoyat işi böyiça M.Bazarimbetovga nisbatan 25.12.2020 yilda Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblov e’lon qilingan.
Şuningdek, Jinoyat işlari böyiça Urganç şahar sudining 25.12.2020 yildagi ajrimiga asosan M.Bazarimbetovga nisbatan «qamoqqa oliş» tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.
M.Bazarimbetov hozirda Xorazm viloyat IIB 11-sonli tergov hibsxonasida saqlanmoqda», - deyiladi bayonotda.
Eslatib ötamiz, «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ rahbari Murodboy Bazarimbetov pora olganlikda gumonlanib, huquq tartibot idoralari xodimlari tomonidan uşlangani haqida Kun.uz öz manbalariga tayanib joriy yil 8 yanvar kuni xabar bergandi.
















