Prezident Şavkat Mirziyoyev ijtimoiy infratuzilmani yaxşilaş mavzusida 28 may kuni bölib ötgan selektorda sohadagi korrupsiya haqida töxtalib ötdi.

Uy-joy kommunal xizmat körsatiş sohasida mablağlarni samarasiz işlatiş, budjet mablağlarini talon-toroj qiliş holatlari ança köp, dedi prezident Şavkat Mirziyoyev 28 may kungi selektorda.

Davlat rahbarining sözlariga köra, ötgan 2 yil davomida kommunal sohaning yuzga yaqin mansabdor şaxslari korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etgani uçun javobgarlikka tortilgan.

«Masalan, Andijon uy-joy kommunal xizmat körsatiş boşqarmasi rahbarlari 240 million söm, Namangan «Ta'mirlaş tiklaş xizmati» korxonasi mansabdorlari 250 million söm budjet mablağlarini talon-toroj qilgan. Surxondaryo Suv ta'minoti boşqarmasi xodimlari 540 million söm mablağlarni özlaştirib yuborgan.

Şu bois, vazir Şerzod Hidoyatov, uning tizimi oldida köp qavatli uy-joylarga xizmat körsatişni yaxşilaş va uy-joy fondini yangilaş, sohada korrupsiyani yöqotiş vazifalari ustuvor etib belgilanadi.

Masalan, Yunusobodda 269 ta şirkatni (1 mingta köp qavatli uy) 12 ta boşqaruv-servis kompaniyalariga biriktiriş hisobiga, avariya holatlari 60 foizga, muddati ötgan qarzdorlik 25 foizga qisqargan, 1,4 milliard söm bank krediti qaytarilgan.

Uşbu tumanda 110 ta köp qavatli uy-joyga 25 ta şirkat (194 ta işçi) qilgan işlarni, bugungi kunda 54 ta işçisi bölgan 1 ta boşqaruv kompaniyasi amalga oşirmoqda.

Şu bilan birga, boşqaruv kompaniyasi qöşimça 9 ta maktab va boğça hamda 50 ta tadbirkorlik sub'yektlarini qamrab olgan.

Şirkatlarda uy-joylarni saqlaş tarifining 35 foizi iş haqiga ketgan bölsa, boşqaruv kompaniyasi işçilariga oylikni 2 baravarga oşirganda ham, bu körsatkiç 7-8 foizni taşkil qilmoqda. Ötgan yilda iş haqidan 324 million söm iqtisod qilgan», – deya Mirziyoyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.