Bundan buyon yangi köp qavatli uylar 2 yil davomida quruvçining tasarrufida qoladi. Bu esa quruvçida mas'uliyat hissini oşiradi. Bu haqda Uy-joy kommunal xizmat vazirligi matbuot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi.
Ta'kidlanişiça, boşqaruv kompaniyasi tomonidan har bir uyga alohida hisobraqam oçiladi. Hisobga pul tuşgandan keyin uşbu mablağ faqat şu köp qavatli uy-joy uçun sarflanadi.
Bundan taşqari, boşqaruv kompaniyasi turli servis xizmatlarini ham taqdim etadi. Kompaniya tomonidan ma'lum hudud tanlab olinadi, ana şu hududda mavjud uy, boğça, maktab yoki biror bir korxona uçun individual xizmat körsatiladi. Barça muassasalar uçun şartnoma alohida tuziladi.
Ana şu hududdagi barça kommunikatsiya tarmoqlari kompaniya tizimida böladi va kommunikatsiya tarmoqlari taşkilotlari ham buning içidagi amortizatsiya xarajatlarini qoplab beradi.
Yangi tizimda joriy qilinadigan yana bir muhim jihat, hisob-kitoblarning şaffofligini ta'minlaş bilan boğliq. Buning uçun boşqaruv kompaniyalarining elektron reyting resteri yuritiladi.
Yangi elektron raqamli dastur asosida xarajatlar böyiça ma'lumot beriş maqsadida SMS-xabarnoma tizimi yölga qöyiladi. Smartfon yoki planşetdagi maxsus dastur orqali aholi özining xarajatlar smetasi bilan tanişiş imkoniyati yaratiladi.
«Har bir fuqaro boşqaruv kompaniyasiga tölayotgan puli qayerga ketayotganini tiyin-tiyinigaça körib turadi», – dedi vazir Şerzod Hidoyatov 28 aprel kuni jurnalistlarga bergan intervyusida.
Hidoyatovning aytişiça, respublika miqyosida bu tizimga ötiş uçun viloyatlardan bittadan hudud tanlab olingan. 2021 yil yakuniga qadar Toşkent şahri va viloyatlar şu tizimga ötkaziladi.
«Prezidentimiz kommunal tizimi oğir holatdagi köp qavatli uylarda holatni yaxşilaş maqsadida mablağ ajratilişini aytdi. Bu borada iş boşladik: butun respublikaga xabarnoma çiqardik. Olingan ma'lumotlarni örganib çiqib, ketadigan mablağni aniqlab, taqdim qilamiz.
Butun dunyoda kommunal soha – oxiriga yetmagan, örganiş talab qiladigan soha. Bevosita davlat rahbarining bu tizimga e'tibor qaratişi bizga katta kuç berdi», – dedi vazir.
Ma'lum qilinişiça, Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi respublikadagi köp qavatli uylarga xizmat körsatuvçi şirkatlar faoliyatini turkiyalik konsultantlarni jalb qilgan holda örganib çiqqan.






