Ma'lumotlarga köra, parom Şimoliy Malku provinsiyasidagi Ternate şahridan Limafatola orolidagi Sanana portiga yönalayotgan bölgan.
Yonğin çiqqaç paromda sarosima boşlangan. Ba'zi yölovçilar yonğindan qoçiş maqsadida suvga sakraşgan. Ularni qutqaruvçilar va baliqçilar suvdan çiqarib olgan.
Paromdan hammasi bölib 257 kişini evakuatsiya qilişga muvaffaq bölingan. Voqea oqibatida heç kim jabrlanmagan.
Ta'kidlanişiça, yonğin paromning maşina bölimida noma'lum sabablarga köra kelib çiqqan. U butkul yonib ketgan. Uşbu hodisa yuzasidan tergov boşlangan.












