«Özkomnazorat» davlat inspeksiyasi, 2021 yil 1 iyundan boşlab tarif rejalari va xizmatlar töğrisidagi ma'lumotlarda internet tezligi uçun belgilangan «-gaça» («do...») qöşimçalari örniga aniq va tuşunarli ma'lumot beriş böyiça körsatma berdi.

Bundan közlangan asosiy maqsad sifatida internet va telekommunikatsiya xizmatlarini körsatuvçi operator va provayderlar sifatli va şartnomalarda belgilangan tezlikda öz işlarini amalga oşirişi nazarda tutilgan.

«Ookla» kompaniyasining Speedtest.net servisi 2021 yil aprel oyi natijalariga oid yangi ma'lumotlariga köra, bir yil içida Özbekistonda simli internet tezligi böyiça 1,5 barobar (51,8 foizga) ösiş kuzatilgani qayd etilgan, ya'ni 25,82 Mbit/s.dan (2020 yil aprel holatiga köra) 39,2 Mbit/s.gaça (2021 yil aprel holatiga köra). 

Şuningdek, joriy yil aprel oyi natijalariga köra, mobil internet tezligi böyiça Özbekiston yana törtta poğonaga kötarilgan. Sönggi yillarda mamlakatda mobil internet tezligi 9,68 Mbit/s.dan (2020 yil aprel holatiga köra) 17,28 Mbit/s.gaça ösdi (2021 yil aprel holatiga köra).

Avvalroq, AKT yönalişi böyiça boş vazir maslahatçisi Olimjon Umarov sehrgar emasligini va internet tezligini birdaniga oşiriş imkonsizligini ta'kidlab ötgandi.