Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 470-son qarori hamda Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi va Maktabgaça ta'lim vazirligining 2020 yil 6 yanvardagi «Davlat va nodavlat maktabgaça ta'lim taşkilotlarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan ötkazişni taşkil etiş töğrisida»gi qöşma qaroriga asosan maktabgaça ta'lim taşkilotlari faoliyati içki va taşqi baholaşdan ötkazib kelinmoqda.
Ta'lim inspeksiyasi xabariga köra, 2021 yil rejasiga asosan joriy yilning yanvar–mart oylarida jami 802 ta maktabgaça ta'lim taşkiloti attestatsiya jarayonlariga jalb qilindi.
Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Akkreditatsiya komissiyasi yiğiliş qaroriga asosan 710 ta maktabgaça ta'lim taşkiloti «attestatsiyadan ötdi» va akkreditatsiyalandi, 92 tasi esa «attestatsiyadan ötmadi» deb e'tirof etilgan.
Xususan, Qoraqalpoğiston Respublikasida 1 ta, Andijon viloyatida 13 ta, Buxoro viloyatida 2 ta, Jizzax viloyatida 6 ta, Navoiy viloyatida 7 ta, Namangan viloyatida 1 ta, Samarqand viloyatida 12 ta, Sirdaryo viloyatida 10 ta, Surxondaryo viloyatida 16 ta, Toşkent viloyatida 15 ta, Farğona viloyatida 2 ta, Xorazm viloyatida 1 ta, Qaşqadaryo viloyatida 4 ta, Toşkent şahrida 2 ta maktabgaça ta'lim taşkiloti attestatsiyadan öta olmagan.
«Davlat ta'lim muassasalari hamda nodavlat ta'lim taşkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş tartibi töğrisida»gi Nizomga köra, davlat maktabgaça ta'lim taşkiloti attestatsiyadan ötolmagan taqdirda direktorning malakasi yetarli emas deb topilib, u bilan tuzilgan mehnat şartnomasi iş beruvçi tomonidan belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Şuningdek, faoliyatiga bir yil tölmagan direktor majburiy ravişda navbatdan taşqari malaka oşiriş jarayonlariga jalb etilib, MTT bir yildan keyin qayta attestatsiyaga jalb qilinadi. Qayta baholaş natijalariga köra, davlat MTT attestatsiyadan ötmagan taqdirda, direktor bilan tuzilgan mehnat şartnomasi belgilangan tartibda bekor qilinişi közda tutilgan.
Şuningdek, Ta'lim inspeksiyasi ma'lumotida MTTlar attestatsiya jarayonida e'tibor beriladigan jihatlar sanab ötilgan.
Maktabgaça ta'lim taşkilotlarining oxirgi ikki yillik faoliyatini kompleks tahlil qiliş asosida ötkaziladigan attestatsiya jarayonida quyidagilarga alohida e'tibor beriladi:
- ta'lim-tarbiya jarayonining davlat talablariga muvofiq taşkil etilgani;
- tarbiyalanuvçilarning rivojlaniş darajasi;







