Ötgan yilgi tarix fanidan attestatsiya imtihonida tuşgan bir savol öqituvçilar orasida katta norozilik keltirib çiqargandi. Pedagoglar vazirlik töğri javobni xato deb belgilagani uçun sudga murojaat qilgan, lekin yutqazişgandi. Endi esa vazirlik xatolikni tan olib, töğri javobni belgilaganlarga ball qöşib berilişini ma’lum qildi.
Özi nima gap?
Har yili öqituvçilar malaka toifasini oliş uçun attestatsiya imtihonlaridan ötişadi. Imtihonlar 2 ta bosqiçda: spetsifikatsiya böyiça fandan 40 ta savolli test va pedagogik mahoratini aniqlaş uçun 10 ta topşiriq körinişida ötadi.
2025 yil aprel-may oylarida tarix fanidan ötgan attestatsiyaning birinçi bosqiçi, ya’ni testda tuşgan bir savol köplab öqituvçilarning e’tirozlarini keltirib çiqardi. Unga köra, testda 32-savol bölib kelgan “Yustinian vafotidan keyin Vizantiyadan Ispaniyani tortib olgan qabila nomini belgilang” savolida kelgan töğri javob xato sifatida körsatilgan.

Ma’lumotlarga köra, test tuzuvçi Pedagogik mahorat va xalqaro baholaş ilmiy-amaliy markazi savolga töğri javob sifatida “langobardlar” variantini olgan, ammo aksariyat öqituvçilar “vestgotlar” javobi töğri ekanini, şu sabab ayni variant belgilanganini aytib, şikoyat qilgan.
“Bu savolda kamida 100 dan ortiq öqituvçi “vestgotlar” javobini belgilagan. Imtihondan keyingi audioçatda 100+ kişi aynan şu javobni tanlaganini izohlarda yozgan, şaxsiyga yozgan. Bir sörovnoma ötkazganimda esa 1000 dan ortiq odam “vestgotlar”ni belgilaganini bildirgan”, - deydi Kun.uz bilan suhbatda bölgan tarix fani öqituvçilaridan biri.
Biroq markazdan ijobiy javob bölmagan. Şu sabab köplab pedagoglar nomidan 4 nafar tarix fani öqituvçisi Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi ustidan sudga da’vo arizasi kiritib, bir qança instansiyalarda yutqazişgan.
Markaz xulosasi
Pedagogik mahorat va xalqaro baholaş ilmiy-amaliy markazining öqituvçilarga taqdim qilgan xulosasiga köra, mazkur savol 2025 yil bahorda ötkazilgan öqituvçilarni malaka toifa attestatsiyasida (berilgan spetsifikatsiya asosida) tuşgan savol bölib, 2022 yilda naşrdan çiqqan 7-sinf jahon tarixi darsligidan tuzilgan.
















