Şu yil 22 mart kunidan e'tiboran «Aqlvoy» bolalar telekanali efirga çiqa boşlagan edi. Bugun, 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qiliş kunida telekanalning rasmiy oçiliş marosimi ötkazildi.
Unda Senat raisi Tanzila Norboyeva va Maktabgaça ta'lim vazirligi boş boşqarma boşliği Şahnoza Mirziyoyeva iştirok etdi.

Tadbir doirasida boğçalar uçun möljallangan «Aqlvoy Oşpaz» kitobi tadqimoti va bolalar velomarafoni ham bölib ötdi.
Tadbirda söz olgan Senat raisi Tanzila Norboyeva bolalarni bayram bilan tabrikladi.
«Men hammalaringizni Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni bilan Özbekiston rahbariyati nomidan çin yurakdan samimiy tabriklayman. Bizning mamlakatimizda mana sizlarga ma'lum maktabgaça ta'lim tizimiga juda ham katta e'tibor berilmoqda. 3-4 yil oldin maktabgaça ta'lim bilan qamrov 27 foizni taşkil etardi. Ya'ni maktabgaça yoşdagi bolalarimizning faqatgina 27 foizi boğçalarga borişi mumkin edi. Lekin hozirgi kunda qamrovimiz 61 foizga yetdi va 2025 yilga qadar deyarli 100 foiz bolalarimizni ta'lim bilan qamrab olişni niyat qilganmiz», – dedi Tanzila Norboyeva.
Şu tadbirda taqdim etilgan «Aqlvoy Oşpaz» kitobi özbek va rus tillarida çop etilgan. Kitobni tuzişda iştirok etgan boş oşpaz Bahriddin Çustiyning ta'kidlaşiça, «Aqlvoy Oşpaz»da bolalar uçun 250dan ziyod ovqatning tayyorlanişi körsatilgan. Kitob Özbekistondagi 19 mingta boğçaga tarqatilişi reja qilingan.
«Qolaversa, kitobdan taşqari mobil ilova ham tayyorladik. Mobil ilovada özbek va rus tillarida retseptlar jamlangan. Undan taşqari, deyarli 30-40dan oşiq retseptlarda QR kodi orqali tayyorlangan videodarsliklar ham bor. Kelajakda bemalol har bir oşpaz xohlaganda mobil ilova, YouTube yoki boşqa bir platformalarda videodarsliklarning retseptlari bilan tanişişlari mumkin», – deydi Bahriddin Çustiy.


Bayram tadbirida maktabgaça yoşdagi bolalar örtasida Özbekistondagi ilk bolalar velomarafoni ham bölib ötdi. Marafonda 65 nafar boğça tarbiyalanuvçisi qatnaşdi.


















