Qaşqadaryo viloyati Qarşi tumanida yaşovçi ota farzandlari uçun aliment örniga uy bergan. Bu haqda viloyat MIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, fuqarolik işlari böyiça Qarşi tumanlararo sudining 2021 yil 3 fevraldagi sud buyruğiga asosan, qarzdor Z.Ş.dan undiruvçi A.Ya. foydasiga 2 nafar farzandining moddiy ta'minoti uçun aliment undiriş belgilangan.
Uşbu buyruq hujjati ijro qiliş uçun MIB Qarşi tuman bölimi iş yurituviga kelib tuşgan va şu kunning özida ijro işi yuritiş töğrisida qaror qabul qilinib, taraflarga ma'lum qilingan. Qarzdor aliment pullarini öz vaqtida oyma-oy tölab borişi töğrisida ogohlantirilgan.
Qayd etilişiça, 4 yarim yoş hamda 7 oylik bölgan farzandlari uçun 18 yil mobaynida aliment tölab borişi şart bölgan qarzdor ota alimentni bir yöla tölaş va şu bilan birga ularning doimiy turar joyga ega bölişlarini öylagan holda, ularga uy berişga qaror qilgan. U undiruvçi bilan özaro kelişgan holda, Boğobod massivida joylaşgan umumiy maydoni 181 m² bölgan 4 xonali uyini turmuş örtoğining nomiga rasmiylaştirib bergan.











