Samarqandda ota farzandlariga aliment o‘rniga uy berdi
Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida ota aliment o‘rniga farzandlariga uy berdi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Past Darg‘om tuman sudining 2015 yil 26 avgustdagi qarori bilan qarzdor M.A.dan da'vogar Sh.M. foydasiga ikki farzandi moddiy ta'minoti uchun har oydagi daromadining uchdan bir yarmi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati MIB Past Darg‘om tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan. Majburiy ijro harakatlari davomida aniqlanishicha, qarzdor M.A. aliment pullarini anchadan beri to‘lamay kelgani sababli umumiy qarzdorligi 61 million so‘mni tashkil etgan.
Qayd etilishicha, davlat ijrochilari tushuntirishidan to‘g‘ri xulosaga kelgan M.A. o‘ziga tegishli bo‘lgan hovlini farzandlarining kelajagini o‘ylab, undiruvchi Sh.M.ga rasmiylashtirib berishni lozim topgan. O‘z navbatida, undiruvchi ham aliment pullaridan to‘liq voz kechgan va mazkur ijro hujjati tegishli tartibda tamomlangan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20 / 10.05.2025
Mavzuga oid

14:57 / 09.05.2025
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. 6 kishi halok bo‘lgan

12:20 / 05.05.2025
10 metrlik jarlik ichidagi changalzorga tushib ketgan ikki kishi qutqarildi

10:20 / 05.05.2025
Nurobodda qariyb 17 ming gektar maydonda zararli chigirtkalar tarqalgani aniqlandi

14:15 / 09.04.2025