Köplab avtomobilsozlik mutaxassislari kritik çegaralar bosib ötilgani va elektromobillar savdosi juda qisqa vaqt içida benzin va dizel yonilğisida harakatlanuvçi maşinalar savdosidan ötib ketişini ta'kidlaşmoqda. Yirik avtomobilsozlar ham ayni şu fikrda.

Masalan, Jaguar 2025 yildan boşlab faqat elektromobillar sotişni rejalaştirmoqda. Uşbu sana Volvo uçun 2030, Lotus uçun esa 2028 yil.

Bunday qarorga kelganlar faqat haşamatli brendlar emas. Çunonçi, General Motors 2035 yilda barça avtoulovlarini elektrlaştiradi, Ford 2030 yildan e'tiboran Yevropada faqat elektromobil sotadi, Volkswagen esa 2030 yildan sotuvlarining 70 foizini elektrli işlab çiqariş taşkil qilişini aytmoqda.

Bu qandaydir moda yoki «yaşil» imijni yaratiş uçun qilinayotgan közböyamaçilik emas.

Dunyodagi aksar hukumatlar neft bilan harakatlanuvçi vositalar sotuvini taqiqlaş muddatlarini e'lon qilgani ham jarayonni yanada tezlaştirdi.

Elektromobil bozori va internet: qanday öxşaşlik mavjud?

Ayrim mutaxassislarning fikriça, ayni paytdagi elektr transport vositalari bozori 1990-yillar oxirlarida internet qanday bölgan bölsa, öşanga öxşaş vaziyatda.

Öşa paytlar kompyuterlarning bir-biri bilan «gaplaşişi»ga imkon beradigan uşbu yangi ixtiro juda katta hayajonga sabab bölgandi.

Jyeff Bezos Amazon kompaniyasiga asos soldi va Altavista, Ask Jeeves, Yahoo kabi brendlar ustunlik qilgan qidiruv tizimi bozorini tezda Google egallab oldi.

Uşbu jarayonda ba'zi kompaniyalarga «labga uçuq toşiradigan» darajadagi yuqori qiymatlar berildi.

Hali internetga ulanmaganlar uçun internet qiziq va hayajonli, şu bilan birga, ahamiyatsiz texnologiya edi: axir, kompyuterlarning bir-biri bilan aloqasi nima işga ham yarardi? Qolaversa, hammaning qölida telefon, bu kabi aloqaga qanday ehtiyoj bölişi mumkin!?

Ammo boşqa barça muvaffaqiyatli texnologiyalar kabi internet ham butun dunyoga bir tekisda, sekinlik bilan tarqalmadi. Aksinça, u portladi, köplab sanoat va biznes modellarini larzaga soldi va biz bilgan deyarli hamma narsani özgartirdi. U texnologlar S egri çiziq deb atovçi şaklda dunyo böylab yoyildi.