Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryodan olib chiqilayotgan 450 kilogramm iste'molga yaroqsiz noma'lum hayvon go‘shti yo‘q qilindi
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida joylashgan Umakay muntazam yo‘l-patrul maskanida 450 kilogramm iste'molga yaroqsiz noma'lum hayvon go‘shti to‘xtatib qolingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 20 may kuni soat 01:00 larda, Chiroqchi tumani Umakay muntazam YPX maskanidan o‘tayotgan, og‘ir yuk ortgan «Lasetti» mashinasi to‘xtatib tekshirilgan. Tekshiruvda Koson tumani «Paxtazor» MFYda yashovchi T. M. o‘ziga tegishli bo‘lgan «Lasetti» mashinasida iste'molga yaroqsiz bo‘lgan noma'lum hayvon go‘shtini ortib ortib ketayotgani aniqlangan. Haydovchidan jami 450 kilogramm iste'molga yaroqsiz go‘sht mahsuloti tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Qayd etilishicha, Chiroqchi tumani hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo‘limining 2021 yil 3 iyundagi xulosasiga ko‘ra, T.M.dan olingan 450 kilogramm go‘sht noma'lum hayvonga tegishli ekanligi va iste'molga yaroqsiz bo‘lgan. Shu sababli go‘sht zararsizlantirilib, yoqish yo‘li bilan kuydirilib yo‘q qilinishi belgilangan.
Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tuman IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan T.M.ga nisbatan qonunlarda belgilangan tartibda jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
14:26 / 28.05.2026