Prezident Şavkat Mirziyoyev 5-oktabr kuni neft va gaz tarmoğida amalga oşirilayotgan yirik loyihalar taqdimoti bilan tanişdi.
Qayd qilinişiça, joriy yilda 3D seysmik razvedka işlarining hajmini ötgan yilga nisbatan 5 barobarga oşiriş rejalaştirilmoqda. Yil boşidan beşta yangi gaz koni oçildi, hududlarda 6000 metrgaça va undan ortiq çuqurliklarga 80 ta quduq burğilangan bölsa, törtinçi çorakda uşbu quduqlardan yana 40 tasini burğilaş reja qilingan.
Istiqbolli maydonlarni, ayniqsa Ustyurtning katta çuqurlikdagi qatlamlarni örganiş, yangi konlarni özlaştiriş hamda mavjud quduqlar samaradorligini oşiriş böyiça rejalar taqdimot qilindi.
Taqdimotda “Özbekneftgaz” AJ va uning tasarrufidagi yirik korxonalarning moliyaviy natijalari ham tahlil qilindi. Joriy yilning töqqiz oyi yakuni bilan korxonalarning jamlangan sof foydasi ötgan yilning mos davriga nisbatan ösgan, kredit portfelini maqbullaştiriş natijasida esa qarzdorlik kamaygan, yuqori foizli kreditlar şartlarini qayta körib çiqiş orqali foiz xarajatlarini tejaşga erişilgan.
Taqdimot doirasida gaz transport tizimining ötkazuvçanlik quvvatini oşirişga doir loyihalarga alohida töxtalib ötildi. Unda yangi magistral gaz quvurlarini quriş, kompressor stansiyalarini modernizatsiya qiliş kabi tadbirlar qamrab olinadi.
Mazkur loyihalarning amalga oşirilişi, şuningdek, ayrim stansiyalarda zamonaviy elektr dvigatellarini işga tuşiriş, gaz yetkazib beriş barqarorligini oşiriş hamda yiliga 125 million kub metr gaz tejaş imkonini beradi. Şu munosabat bilan ularni amalga oşirişni moliyalaştiriş manbalari böyiça takliflar ham körib çiqildi.
Taqdimotda “Mustaqillikning 25 yilligi” konida yuzaga kelgan avariyani bartaraf etiş borasida amalga oşirilayotgan işlarga alohida töxtalib ötildi. Uşbu işlarga Xitoyning ixtisoslaşgan kompaniyasi jalb qilingan bölib, hozirda maxsus texnika va uskunalar iş joyiga safarbar qilinmoqda, quduqlarni burğilaş joylarida tayyorgarlik işlari olib borilmoqda.
Avariyani bartaraf etiş jarayonining barça bosqiçlarida xavfsizlik talablariga qatʼiy rioya etilişini taʼminlaş eng muhim masalalardan biri ekanligi qayd etildi.
Taqdimotda yana bir yirik loyiha - Farğona neftni qayta işlaş zavodida işlab çiqarişni köpaytiriş va uni moliyaviy soğlomlaştiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan ham axborot berildi.












