Mehmet Zeki Obuz boşçiligidagi bir neça turkiyalik tadbirkorlar va şirkatlar Jahon banki guruhining Investitsion bahslarini hal etiş böyiça xalqaro markaziga (ICSID) Özbekiston ustidan şikoyat kiritdi. Xalqaro nizoda javobgar sifatida Özbekiston hukumati keltirilgan.
2021 yil 4 iyun kuni röyxatga olingan şikoyat arizasining predmeti «oziq-ovqat mahsulotlari» savdosi ekanligi yozilgan, lekin da'vo summasi va işga doir boşqa ma'lumotlar oçiqlanmagan. Hozirda iş taşkilot tomonidan körib çiqilmoqda.
Ma'lumotlarga köra, Mehmet Zeki Obuz Özbekistonga 1990-yillarda kelgan, u «Sundus» qöşma korxonasi asosçilaridan biri, 1998 yilda esa uning boş direktori bölgan.
Spot naşriga köra, Mehmet Zeki Obuz Özbekistonda bir qança vaqt biznes yuritgan, keyinroq kontrabanda va soliqlarni tölaşdan böyin tovlaş aybi bilan qamoqqa olingan.
Ma'lumotlarga köra, bunga qadar xalqaro arbitrajga Özbekistonga nisbatan 8 marta da'vo kiritilgan, şu jumladan, Newmont, Metal-Teç, Turkuaz, «MTS», Spentex va boşqalar işlari mavjud.







