Yevro-2020 guruh bosqiçi öyinlaridayoq futbol olami yangi nomlar bilan tanişişdi. Pley-offlarda bu futbolçilar işonçli öyin körsatişda davom etişdi va endi bu çempionat ularning faoliyatida tramplin vazifasini ötaşi mumkin.
Jyeremi Doku («Renn», Belgiya)

Uç yil muqaddam uşbu yoş belgiyalik öz mamlakati milliy jamoasining mundialdagi öyinlarini televizor orqali tomoşa qilgan, endi esa şu jamoa bilan Yevroga yöl oldi va maydonni yondirdi. Doku ayniqsa çorakfinalda Italiyaga qarşi öyinda porladi, boş murabbiy Roberto Martines Jyeremi köp yillardan buyon yuqori darajada töp surib kelgan futbolçilar kabi harakat qilganini e'tirof etdi. Ma'lum bölişiça, 16 yoşida Doku «Liverpul» safiga qöşilişi mumkin bölgan, ammo öşanda belgiyalik iqtidor katta jamoaga ötişga ruhan tayyor bölmagan va ingliz klubi taklifini rad etib, Fransiyaning «Renn» klubi bilan şartnoma imzolagan. Hozirda u yana top-klublar e'tiborini öziga qaratdi. Masalan, Germaniyadagi naşrlar uni Myunxenning «Bavariya» klubi a'zosiga aylantirişmoqda.
Denzel Dumfris («PSV», Niderlandiya)

25 yoşli niderland Yevropa çempionatida kuçli öyin namoyiş etib, guruh bosqiçida Ukraina va Avstriya termalari darvozalarini işğol etdi, penalti işladi, bu öyinlarda öyinning eng yaxşi futbolçisi sifatida tan olindi. Uşbu fulbek niderlandiyaliklar hujumidagi asosiy tahdidga aylandi. Dumfris barça öyinlarda hujumlarga faol qöşildi, ikkinçi qavatdagi kuraşlarda işonç bilan harakat qildi. Ulkan hajmdagi işni bajariş, texnika va himoyaçi pozitsiyasi uçun noodatiy bölgan kreativlik - unga katta qiziqiş uyğotdi. Yevropa çempionati guruh bosqiçi öyinlaridan keyinoq unga «Bavariya» asosiy da'vogarga aylandi. «Inter» esa Denzelni «PSJ»ga yöl olgan Hakimiga örinbosar sifatida körmoqda. Dumfrisning PSV bilan şartnomasida 15 mln yevro miqdorida badal puli körsatilgan, şu tufayli u joriy transferlar oynasida Yevropaning qaysidir top-klubi tomonidan olib ketilişini taxmin qiliş qiyinmas.
Mikkel Damsgor («Sampdoriya», Daniya)

Rossiya bilan öyinda uzoq masofadan darvoza törini işğol qilganida Damsgor 20 yoşu 353 kunlik edi va u terma jamoasining Yevropa çempionatlarida gol urgan eng yoş futbolçisi böldi. Angliyaga qarşi keçgan yarimfinal öyinida Mikkel joriy Yevropa çempionatida jarimadan urilgan yagona gol muallifiga aylandi. Endi unga «Barselona» va «Milan» klublari köz tikmoqda, ammo «Sampdoriya» sport direktori Karlo Osti uni hozirça heç qayerga qöyib yubormoqçi emasligini aytmoqda. U talantli futbolçi Genuyada yana bir mavsum qolişini istamoqda, ammo Damsgor uçun 30-40 mln yevro tölaşga tayyor klub uni olib ketişi qiyin bölmaydi.

















