Kun.uz manbasi ma'lumotiga köra, Jasur Umirovning şikoyati asosida u bilan boğliq jinoyat işi 2021 yil 8 iyun kuni Oliy sudda kassatsiya tartibida körib çiqilib, jinoyat işlari böyiça Kattaqörğon şahar sudining 2021 yil 2 fevral kungi hukmiga özgartiriş kiritilgan.
Unga köra, hukmda nazarda tutilgan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi Oliy sud ajrimi bilan 5 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosiga özgartirilgan.
Bunda, Jasur Umirovning şu vaqtgaça qamoqda bölgan davri çegirib taşlangan.
Bunga qadar esa uşbu iş 2021 yil 12 mart kuni Samarqand viloyat sudida apellyatsiya tartibida körib çiqilib, JIB Kattaqörğon şahar sudining hukmi özgarişsiz qoldirilgan.
Ma'lumot uçun, ozodlikni çeklaş tariqasidagi jazoga hukm qilingan şaxs sud tomonidan belgilangan taqiqlarga (çeklaşlarga) rioya etişi, şuningdek özining jazoni ötaşi bilan boğliq masalalar böyiça oğzaki yoki yozma tuşuntirişlar beriş uçun çaqiruv böyiça jazolarni ijro etiş inspeksiyasiga kelişi lozim böladi.
Bunda jazo tayinlangan şaxs muayyan vaqtda yaşaş joyidan ketişga, tegişli ma'muriy hudud doirasida joylaşgan ma'lum joylarga borişga yoxud tegişli ma'muriy hudud doirasidan çiqiş uçun jazolarni ijro etiş inspeksiyasi tomonidan berilgan ruxsatnoma olişi lozim böladi.







