Prezident Administratsiyasi avtomobillar oynasini tonirovka qiliş uçun ruxsatnoma narxini arzonlatişga oid qaror loyihasini işlab çiqdi. Bu haqda Içki işlar vazirligiga asoslanib, Oliy Majlis deputati Doniyor Ğaniyev ma'lum qildi.

«Yoz kelib, kunlar isişi bilan tonirovka masalasi kun tartibiga çiqadi. Joylarda fuqarolar, yoşlar bilan uçraşuvlarda, ijtimoiy tarmoqlarda aynan tonirovka böyiça juda köplab murojaatlar böladi.

Şu murojaatlardan kelib çiqib, hamkasbim Bahrom Rahmonaliyev bilan tonirovka narxini pasaytiriş yuzasidan 2-3 xil takliflar tayyorlab, Vazirlar Mahkamasiga kiritişdan avval Içki işlar vazirligiga takliflarimizga munosabat bildirişlarini sörab, deputatlik sörovi yuborgandik.

Bugun Içki işlar vazirligidan sörovimizga javob kelibdi. Yomon tomoni, har doimgidek sörovga aniq javob yöq, takliflarimizga heç qanday munosabat bildirilmagan.

Yaxşi tomoni, javobda aytilişiça, tonirovka narxini kamaytiriş yuzasidan Prezident Administratsiyasi tomonidan qaror loyihasi işlab çiqilgan va bu loyihaga Içki işlar vazirligi tomonidan tegişli takliflar bildirilgan.

Demak, yaqin orada tonirovka masalasi böyiça ijobiy özgariş böladiganga öxşaydi. Avtomobil oynalarini qoraytirişga doir çeklovlar butkul bekor qilinişini kutmasam-da, lekin tonirovka uçun belgilangan narxlar sezilarli miqdorda pasayadi, deb umid qilaman», – deya yozdi Doniyor Ğaniyev Telegram'dagi kanalida.

Eslatib ötamiz, bu yil bahor oxiri va yozning ilk kunlari ança jaziramali keldi. 31 may kuni mamlakatda 80 yillik harorat böyiça mutlaq maksimum qayd etildi.

3–7 iyun kunlari esa Toşkentda uç asrning maksimum harorati kuzatildi.

Ayni paytda avtomobillarning orqa yon oynalari tusini özgartiriş (qoraytiriş) ruxsatnomasi narxi jismoniy şaxslar uçun 5 BHM (1 225 000 söm) etib belgilangan.

Ham orqa, ham old yon oynalar tonirovkasi uçun esa 50 BHM (12 250 000 söm) narx saqlanib qolmoqda.

Şu yil fevral oyida IIV YHXBB ruxsatsiz «tonirovka» uçun jarima miqdorini kamaytiriş masalasi körib çiqilayotganini ma'lum qilgandi. Eslatib ötamiz, ikki yil oldin avtomobil oynasini ruxsatsiz qoraytirganlik uçun jarima miqdori 25 baravarga (25–40 BHM) oşirilgan.