«Özgidromet» 3–7 iyun kunlari Özbekistonga Eron hududlaridan issiq havo massalari kirib kelişi, havo haroratining keskin kötarilib ketişi va örtaça sutkalik havo haroratining şu kunlar uçun xos bölgani iqlimiy me'yor qiymatlaridan 7-10 daraja yuqorilaşi töğrisida ma'lum qilgandi.
Qayd etilişiça, şu kunlari kuzatilgan harorat uç asr avvalgi rekorddan yuqori böldi.
«Toşkent şahrida 2021 yil 3-7 iyun kunlari şu kun uçun rekord issiq havo haroratlari qayd etildi. Toşkent şahrida 3-7 iyun kunlari kuzatilgan maksimal havo harorati deyarli ötgan asr boşlari va 19 asr oxirlarida uşbu kunlarda qayd etilgan maksimumlarni yangiladi. Toşkent şahrida kuzatuvlar tarixida qayd etilgan eng yuqori havo harorati +44,6 darajaga yetgan bölib, bu körsatkiç 1997 yil 18 iyulda kuzatilgan», deyiladi «Özgidromet» xabarida.
2021 yil 6 iyun kuni harorat 42,6 daraja issiq böldi. Bunga qadar şu kundagi yuqori harorat 1811 yilda qayd etilgan va 38,5 daraja issiq bölgan. 7 iyun kuni esa harorat 40,8 darajagaça kötarildi. Unga qadar şu kundagi maksimal körsatkiç 1894 yilda kuzatilgan va 39,7 daraja issiq bölgan. Özbekistonda 31 maydagi harorat ham mutlaq maksimumga yetgandi.

















