«Bugun tarixiy kun. Bugun Turkiya prezidenti, mening oğam Rajab Toyyib Erdöğanni ozod qilingan Şuşada qabul qilmoqdamiz. Mening oğam Ozarboyjonda köp bölgan, biroq Şuşaga birinçi marta kelişi. Bugun biz imzolagan ittifoqçilik haqidagi qöşma deklaratsiya munosabatlarimizni eng yuqori darajaga kötaradi. Uşbu deklaratsiyaning barça bandlari keyingi hamkorligimizning kafolati hisoblanadi», deb aytgan Ozarboyjon rahbari.
Uning ta'kidlaşiça, Ozarboyjon va Turkiya jahon sahnasida eng yaqin davlatlar hisoblanadi, ularning birdamligi tarix, madaniyat, umumiy ildizlar, til, din, milliy qadriyatlar va manfaatlar bilan tuşuntiriladi.
Aliyev Şuşa deklaratsiyasining muhim bandlari ikki davlatning harbiy sohadagi hamkorligi hisoblanişini aytgan.
«Deklaratsiyada xalqaro darajadagi hamkorlik kabi muhim masalalar, siyosiy, iqtisodiy, savdo munosabatlari, madaniyat, ta'lim, sport, energetik xavfsizlik, Janubiy gaz yölagi ahamiyati aks etgan. Barça masalalar muhim, lekin ulardan ikkitasiga töxtalib ötmoqçiman. Bu Ozarboyjon va Turkiyaning mudofaa sanoati sohasidagi hamkorligi va özaro harbiy kömak», deb ta'kidlagan Aliyev.
Ozarboyjon rahbari hujjatning imzolanişini tarixiy yutuq deb atagan.
Öz navbatida, Erdöğan Şuşada Turkiyaning boş konsulxonasi oçilişini ma'lum qilgan.
15 iyunda Turkiya prezidenti Toğli Qoraboğdagi oxirgi voqealar vaqtida Boku tomonidan qaytib olingan Şuşaga taşrif bilan keldi. Erdöğan Şuşada tantanali kutib olindi va şahar böylab Aliyev bilan birga aylandi.








