Eron parlamenti deputati va parlament tadqiqot markazi rahbari Alirizo Zakaniy prezidentlik saylovlarida oliy sud raisi Ibrohim Raisiy foydasiga öz nomzodidan voz keçişini ma'lum qildi. U bu haqda YJC agentligiga bergan intervyusida aytdi.
Avvalroq Tasnim agentligi parlament deputatlari saylovda qatnaşayotgan barça konservatorlarni Raisiy foydasiga öz nomzodlarini qaytarib olişga çaqirgani haqida xabar bergandi.
Undan taşqari, Eron sobiq vitse-prezidenti Muhsin Mehralizoda ham prezidentlik saylovida nomzod sifatida qatnaşmaslikka qaror qildi.
Saylov oldidan prezidentlikka yetti nafar nomzod qayd etilgandi: oliy sud raisi Ibrohim Raisiy, qabul qilinayotgan qarorlarning maqsadga muvofiqligi böyiça kengaş kotibi Muhsin Rizoiy, markaziy bank sobiq rahbari Abdulnosir Himmatiy, milliy xavfsizlik oliy kengaşi sobiq kotibi Said Jaliliy, parlament raisi örinbosari Amir Husayn Qozizoda Hoşimiy, parlament deputati Alirizo Zakaniy va Muhsin Mehralizoda.
Eronda saylov kampaniyasi 16 iyun kuni yakuniga yetadi. 17 iyun osoyiştalik kuni deb e'lon qilingan – nomzodlarga taşviqot işlarini olib boriş taqiqlanadi.
Prezidentlik saylovi 18 iyun kuni bölib ötadi.











