Louis Vuitton Moet Hennessy guruhi prezidenti, eng boy fransuz Bernar Arnoning boyligi bir kunda 1,4 mlrd dollarga köpayib, 200,4 mlrd dollarga yetdi. Bundan Forbes Real-Time reytingi natijalari darak bermoqda.

72 yoşli Arno boyligi 200 mlrd dollardan oşgan dunyodagi ikkinçi odamga aylandi. Avvalroq bunday natijaga Amazon asosçisi Jyeff Bezos erişgandi.

Ayni vaqtda Forbes talqini böyiça eng boy odamlar beştaligi quyidagiça köriniş olgan:       

  • Jyeff Bezos (Amazon rahbari) – 200,7 mlrd dollar;
  • Bernar Arno (LVMH rahbari) — 200,4 mlrd dollar;
  • Ilon Mask (Tesla va SpaceX rahbari) — 154,6 mlrd dollar;
  • Bill Geyts (Microsoft asosçisi) — 125,9 mlrd dollar;
  • Mark Tsukerberg (Facebook rahbari) — 121,9 mlrd dollar.

24 may kuni Bernar Arno milliarderlar röyxatining birinçi poğonasiga kötarilgandi. Öşanda uning boyligi Bezosnikidan 300 mln dollar köproqni taşkil qilgandi. Fransuz milliarderi davlatining ösişi pandemiya vaqtida LVMH namoyiş qilayotgan yuqori körsatkiçlar bilan boğlangan.