Oltin dunyodagi eng noyob elementlardan biri hisoblanadi. Butunjahon oltin kengaşi (WGC) tomonidan e'lon qilingan ma'lumotlarga köra, ötgan 2020 yilda 3 ming 478 tonna(122,7 million unsiya) oltin qazib olingan. Bu körsatkiç 2 yildan beri ketma ket pasaymoqda.
Şu bilan bir qatorda ulkan resurslarga ega bölgan oltin konlarining topilişi ham yildan yilga kamaymoqda. Masalan, Janubiy Afrika Respublikasi 1970 yilda 1000 tonnadan ziyod oltin qazib olgan va dunyoda yetakçi mamlakat bölgan bölsa, ötgan yilda bu davlat eng yaxşi oltin qazib oluvçilar Top-10 ligidan ham çiqib ketdi.
Hozirgi paytda dunyoda qaysi davlatlar qimmatbaho metall qazib oliş böyiça yetakçilik qilmoqda? Forbes oltin qazib olişda yetakçi bölgan mamlakatlar Top-10 taligini e'lon qildi.
1. Xitoy - 368,3 tonna
Köp yillardan beri Xitoy oltin işlab çiqariş böyiça yetakçilikni saqlab qolayotgan bölsa-da, ketma-ket 4 yildan beri qimmatbaho metall qazib oliş körsatkiçlari pasaymoqda. Xususan, 2020 yilda bu yerda 368 ming tonna oltin qazib olingan. Taqqoslaş uçun, bu raqamlar 2019 yilda 383 tonnadan iborat edi. Oltin qazib olişning pasayişi asosan, hukumat tomonidan qöllanilayotgan qattiq ekologik siyosat bilan boğliqligi aytilmoqda. Masalan, oltin qazib olinadigan konlarda siyaniddan foydalaniş ustidan qat'iy nazoratning örnatilişi bir neça operatsiyalarni töxtatişga majbur qilgan. Şunday bölsa-da ötgan yilda butun dunyodagi qazib olingan oltinning 11 foizi Xitoy hissasiga töğri kelgan.
2. Rossiya - 331,1 tonna
Yevropadagi oltinning katta qismi 2010 yildan beri har yili işlab çiqarişni köpaytirib kelayotgan Rossiya hissasiga töğri keladi. 2019 yilda Rossiya hatto Avstraliyadan oşib, dunyodagi ikkinçi yirik işlab çiqaruvçiga aylandi. Rossiya hukumati mahalliy işlab çiqarilgan oltinning uçdan ikki qismini sotib oladi.
3. Avstraliya - 327,8 tonna
Avstraliyada sakkiz yildan beri ketma-ket işlab çiqarişni köpaytirmoqda. Mineral moddalar sanoati Avstraliya umumiy eksportining yarmidan köpini, umumiy YaIMning taxminan 8 foizini taşkil qiladi. Morgans toği va Kadia vodiysi kabi hududlarda bir neçta loyihalarning amalga oşirilayotgani işlab çiqariş hajmining sezilarli miqdorida oşişiga zamin yaratdi.
4. Amerika Qöşma Ştatlari - 190,2 tonna
Sönggi yillarda AQŞda oltin qazib oliş hajmi 200 tonnadan pastga tuşib ketdi. 2019 yilda boşlangan pasayiş 2020 yilda ham yana davom etdi. AQŞda işlab çiqarilgan oltinning 80 foizga yaqini Nevada konidan qazib olinadi. Mutaxassislar Nevada alohida davlat bölganda ham Top-10 likka kirişini ta'kidlaşadi.
5. Kanada - 170,6 tonna
Tört yildan buyon Kanada beşinçi örinni egallab turibdi, hatto 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 12 tonna kam oldin qazib olganiga qaramasdan ham. Mamlakatning eng yirik oltin koni Yamana Gold va Agnico Eagle kompaniyalariga tegişli bölgan Sanadian Malartis hisoblanadi.
6. Gana - 138,7 tonna
Bugungi kunda Gana Afrikaning eng yirik oltin işlab çiqaruvçisi hisoblanadi. Bu borada u 2019 yilda birinçi marta Janubiy Afrika Respublikasini ortda qoldirdi.
AngloGold Ashanti va Gold Fields kabi sanoat yönalişida katta salohiyatga ega bölgan kompaniyalar ham işlab çiqariş jarayonini uşbu davlatda amalga oşirişni boşladi.
7. Braziliya - 107 tonna
2019 yilda 10 - poğonada bölgan Braziliya reytingda öz örnini mustahkamlab oldi. Oxirgi uç yil davomida mamlakatda qimmatbaho metall qazib oliş keskin oşdi. Sönggi olti yil içida Amazonka örmonlarida noqonuniy qazib oliş faoliyati ham keskin köpaydi. Bunga mamlakat prezidenti Jair Bolsonaroning aholini Amazonkani iqtisodiy jihatdan rivojlantirişga va uning mineral boyliklaridan foydalanişga undayotgani bilan izohlaş mumkin.
8. Özbekiston - 101,6 tonna
2020 yilda Özbekistonda birinçi marta 100 tonnadan ziyod (101,6 tonna) oltin qazib olindi. Bu orqali Özbekiston butunjahon reytingida 8-örinni egallab turgan Peruning örnini egalladi. Taqqoslaş uçun, 2019 yilda Özbekiston 94,6 tonna oltin qazib olgan edi. Şuningdek, naşr «Muruntov» konida dunyodagi eng katta hajmdagi oltin zaxiralari joylaşgan bölişi mumkinligiga ham e'tibor qaratgan.
9. Meksika - 101,6 tonna
Garçi işlab çiqariş beş yildan beri kamayayotganligiga qaramay, Meksika raqobatdoş oltin işlab çiqaruvçisi bölib qolmoqda. Mamlakatda yillik oltin qazib oliş 2008 yilda atigi 50,8 tonnani taşkil etgan bölsa, bu körsatkiç 2015 yilda 131 tonnagaça kötarilgan.
10. Indoneziya - 100,9 tonna
Indoneziyada dunyodagi ikkinçi eng yirik oltin koni Grasberg joylaşgan bölib, u PT Freeport Indonesia tomonidan boşqariladi va 20 mingga yaqin işçi işlaydi. Tinç okeanining janubiy qismidagi uşbu mamlakat global oltin ta'minotining 3 foizi miqdorida qimmatbaho metall işlab çiqaradi.
Avvalroq, Kitco kompaniyasi tomonidan e'lon qilingan reytingda Navoiy viloyatida joylaşgan «Muruntov» eng katta oltin koni sifatida e'tirof etilgandi.
Ma'lumot uçun, Özbekiston sönggi 10 yil davomida xorijga 687 tonna oltin sotgan.












