Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2020 yil yanvaridan 2021 yil aprel oylari oraliğida ötkazilgan davlat xaridlari tahlili amalga oşirildi.

Mazkur davr mobaynida davlat xaridlari portalida 5 ming 330ta budjet va 1347ta korporativ buyurtmaçilar tomonidan 131 ming 759ta auksion savdolari ötkazilib, şartnomalarning umumiy qiymati 3,9 trillion sömni taşkil etgan.

Quyidagi tovar guruhlarida eng yuqori narx pasayişi kuzatilgan:

  • kanselyariya buyumlari – 38 foiz;
  • kiyim, poyabzal va körpa-töşak anjomlari – 38 foiz;
  • sport anjomlari va jihozlari – 34 foiz;
  • ovoz yoziş texnikasi va jihozlari – 32 foiz;
  • musiqa asboblari – 32 foiz.

Respublika darajasidagi buyurtmaçilar orasida Yoşlar işlari agentligi (1387-örin), Innovatsion rivojlaniş vazirligi (1496-örin), Energetika vazirligi huzuridagi Yadro energetikasini rivojlantiriş agentligi (1541-örin), Davlat test markazi (1543-örin), Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasi (1560-örin) reytingning pastki qismidan joy egallagan.

Xususan, Milliy kutubxona tomonidan imzolangan 67ta şartnomadan 28tasi (42 foiz), Davlat test markazi bilan imzolangan şartnomalarning 37 foizi bekor qilingan.

Respublika darajasidagi buyurtmaçilarning 61 foizi samaradorligi pastligi aniqlangan bölsa, viloyat va tuman/şahar darajasidagi buyurtmaçilar uçun bu raqam mos ravişda 52 foiz va 45 foizni taşkil etgan.

Sohalar böyiça Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş (2,56 — örtaça samaradorlik), örta ta'lim (2,50), soğliqni saqlaş (2,41), obodonlaştiriş (2,40) hamda irrigatsiya va qişloq xöjaligi (2,28) sohasida buyurtmaçilarning auksion savdolardagi samaradorligi nisbatan yuqori ekanligi aniqlangan.

Eng past samaradorlik esa arxiv (1,62), bandlik va mehnat munosabatlari (1,73), energetika (1,85), iqtisodiyot va moliya (1,9) sohalarida kuzatilgan.

Ma'lumot uçun, indeks -7 va 7 oraliğida özgaradi: öta past samaradorlik (-7dan -3,5gaça), örtaça past (-3,5 , 0), past (0 - 2,3), örtaça (2,3 - 4,6) va yuqori samaradorlik (4,6 - 7) mezonlarida belgilanadi.