Prezidentning “Içimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga muvofiq markazlaşgan içimlik suv ta’minoti yetib bormagan qişloq aholi punktlarini içimlik suv bilan ta’minlaş va oqova suvlarni çiqarib yuboriş xizmatlarini körsatiş böyiça davlat ijtimoiy buyurtmalarini beriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:
- davlat ijtimoiy buyurtmasi loyihalarining boşqaruvçisini tanlaş;
- davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasida içimlik suv ta’minoti va oqova suv çiqariş xizmatlari bilan ta’minlaş uçun quriliş işlarini amalga oşiriş böyiça loyiha va pudrat taşkilotlarini tanlaş;
- davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida barpo etilgan içimlik suv ta’minoti va oqova suvlarni çiqarib yuboriş tizimlarini (inşootlarini) foydalanişga topşiriş.
Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi bir oy muddatda davlat ijtimoiy buyurtmalari loyihalari boşqaruvçisining tanlov takliflarini baholaş mezonlarini tasdiqlaşi lozim.
Şuningdek, Adliya vazirligi bilan birgalikda davlat ijtimoiy buyurtmasini amalga oşiriş şartnomasining namunaviy şakli işlab çiqiladi.
2024 yilda davlat ijtimoiy buyurtmalari asosida içimlik suv bilan ta’minlanadigan qişloq aholi punktlarining manzilli dasturi tasdiqlanadi.







