Navoiy viloyatida «Cobalt» haydovçisi uxlab qolib, maxsus maşinaga borib urilgan. Oqibatda haydovçi va uning otasi vafot etgan. Xotini esa şifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 27 iyun kuni soat 14:30larda A-379 Navoiy-Uçquduq-Zarafşon xalqaro avtomobil yölining Konimex tumani hududidan ötgan 94-kilometrida 1966 yilda tuğilgan Zarafşon şahrida yaşovçi fuqaro O‘.Q. öziga tegişli bölgan «Sobalt» maşinasi bilan yöl-transport hodisasi sodir etgan.

U maşinasini Toşkent-Zarafşon yönalişi böyiça boşqarib borayotib, çarçoq tufayli uxlab qolgan va rul boşqaruvini yöqotgan. Natijada, röparadan öz yönalişi böyiça harakatlanib kelayotgan Samarqand viloyatida yaşovçi 1995 yilda tuğilgan A.K. boşqaruvida bölgan, Navoiy şahrida joylaşgan «Berejlivost» MÇJga tegişli «HOWO SINOTROC» rusumli maxsus (çiqindi taşuvçi) maşina bilan töqnaşgan.

Oqibatda, haydovçi O‘.Q. va «Sobalt» old örindiğida yölovçi sifatida ketayotgan uning otasi R.Q. oğir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. «Cobalt»ning orqa örindiğida bölgan, haydovçining turmuş örtoği Z.Ş. oğir tan jarohatlari olib, Konimex tuman tibbiyot birlaşmasining jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Konimex tuman IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.