Ramsfeldning yaqinlari uning tvitterdagi sahifasida şu haqda ma'lum qilişdi. Oila vakillari ölimga xavfli ösmaning bir turi bölgan miyeloma kasalligi sabab bölganini bildirişgan.
Ramsfeld tarixga ketma-ket emas, köp yillik farq bilan hukumatda bölgan ikki prezident ma'muriyatida AQŞ mudofaa vaziri sifatida işlagan yagona şaxs sifatida tarixga kirgan. Turli prezidentlar davrida bu lavozimda işlagan boşqa vazirlar esa Oq uyda jamoa almaşganda ham lavozimini saqlab qolganlardir.
Niksondan kiçik-Buşgaça
Ramsfeld Vaşingtondagi faoliyati Kongressda boşlagan, u 1963-1969 yillarda Illinoys ştatining 13-okrugidan vakil bölgan. 1970 yilda yoş kongressmen prezidenta Riçard Niksonning maslahatçisiga aylanadi.

Köp ötmay uni NATOdagi elçi sifatida tayinlaşadi, ammo Bryusselga safar Uotergeyt mojarosi va Niksonning iste'fosi tufayli amalga oşmay qoladi. Ramsfeld yangi prezident Jyerald Ford ma'muriyati rahbariga aylanadi.
1975-1977 yillarda Ramsfeld Ford ma'muriyatida mudofaa vaziri bölgan, 43 yoşida bu lavozimni egallagan eng yoş vazirga aylangan.
U Qöşma Ştatlar fuqarolari uçun joriy etilgan eng oliy mukofot - Prezident ozodlik medali bilan taqdirlangan va hukumatni tark etib, ön yillar mobaynida xususiy sektorda işlagan.
2001 yilda prezident kiçik Jorj Buş Ramsfeldni mudofaa vaziri etib tayinlaganida u endi bu lavozimni egallagan eng keksa vazir böladi - u lavozimining oxirgi yilida 74 yoşda edi.
Bu lavozimda Ramsfeld Iroqda kampaniya boşlaş taşabbuskorlaridan biri böladi. U Saddam Husayn rejimi ixtiyoridagi ommaviy qirğin qurollari butun insoniyatga tahdid solayotganini aytadi. Keyinroq Iroq bunday qurollarga egalik qilganiga dalillar bölmagani ma'lum böladi.
«Terrorga qarşi uruş» me'mori
Buşning ma'muriyatini öşanda Kongressning köplab a'zolari (nafaqat Respublikaçilar partiyasi, balki Demokratik partiya vakillari ham) qöllab-quvvatlaydi. Hozirgi prezident, öşa vaqtda nufuzli senatorlardan bölgan Jo Bayden ham Iroqda harbiy amaliyot boşlaş uçun ovoz beradi.








