2003 yil 21 mart. Bağdod. Iroqdagi amaliyotning dastlabki kunlarida koalitsiya harbiy havo kuçlari poytaxtni keng kölamda bombardimon qiladi. Havo zarbalari hukumat binolari, muhim infratuzilma obektlari, şuningdek Saddam Husayn, uning oilasi va Iroq rahbariyati yaşiringani taxmin qilingan bunkerlarga beriladi.
Foto: Jerome Delay / AP / Scanpix / LETA

AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiya kuçlari Iroqqa bostirib kirganiga 20 yil böldi. Mazkur amaliyotning asosiy maqsadlari Saddam Husayn diktaturasini ağdariş va Iroqda demokratik institutlar örnatiş bölgandi.

Saddam Husayn hukumati bir oydan köproq vaqt içida ağdariladi: prezident kiçik Jorj Buş 2003 yil 1 may kuni ğalaba haqida e’lon qiladi.

2005 yil bahorida Iroqda xavfsizlik çoralari kuçaytirilgan şaroitda sönggi yarim asrdagi ilk köp partiyaviy parlament saylovlari ötkaziladi. 2006 yil mayida Iroqda Nuri Malikiy rahbarligidagi ilk muntazam hukumat iş boşlaydi.

Ammo isyonçilarga qarşi kuraş uzoq davom etadi, faqat 2011 yil 15 dekabriga kelib AQŞ Iroq harbiy kampaniyasi yakunlangani haqida rasman e’lon qiladi va Amerika kontingenti uşbu mamlakatdan olib çiqiladi. 2014 yilda esa AQŞ armiyasi yana qaytadi — bu safar IŞIDga qarşi kuraş olib boriş uçun. 

AQŞ prezidenti Jo Bayden va Iroq boş vaziri Mustafo al-Kozimiy 2021 yil yozida amerikaliklarning Iroqdagi jangovar missiyasi butunlay yakunlangani haqida e’lon qilişadi.

  • Sönggi 17 yil mobaynida Iroqda halok bölganlarning aniq soni ma’lum emas — ammo, eng konservativ baholarga köra, Amerika harbiy amaliyotining dastlabki uç yilining özida kamida 100 ming kişi qurbon bölgan. Tört milliondan ortiq iroqlik öz uylarini tark etişga majbur bölgan. 2003 yildan 2011 yilga qadar koalitsiyaning 4799 nafar harbiy xizmatçisi öldirilgan, şundan 4,4 mingdan ortiği amerikaliklar bölgan. Iroq uruşini yoritiş bilan şuğullangan jurnalistlardan kamida 136 nafari halok bölgan.

Quyida Amerikaning Iroqdagi ikki amaliyoti aks etgan asosiy fotosuratlar.

2003 yil 25 mart. Iroqning Karbalo şahri atrofidagi sahro. Iroqdagi amaliyotning ilk davrida quruqlikdagi harbiy harakatlarda AQŞ armiyasining 3-piyodalar diviziyasi ham iştirok etgandi. Iroq poytaxtidan taxminan 100 kilometr masofadan boşlangan zirhli texnikalar kolonnasi marşi ma’lum vaqt sahro böroni tufayli töxtab qolgandi. 9 aprel kuni 3-piyodalar diviziyasi dengiz piyodalari bilan birga birinçilardan bölib Bağdodga kiradi.