Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda ota egiz farzandlari uchun 84 million so‘m aliment to‘ladi
Samarqand viloyati Payariq tumanida ota egiz farzandlari uchun 84 million so‘m aliment to‘lagan. Bu haqda tuman MIB bo‘limi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ishtixon tumanlararo sudining qarori bilan fuqaro B.J.dan undiruvchi B.G.ga ikki nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun daromadining uchdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Bu holat bo‘yicha MIB Payariq bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan. Ammo fuqaro B.J. aliment to‘lovlarini to‘lamasdan kelgan. MIB xodimlari tomonidan qarzdor B.J. bilan tushuntirish ishlari o‘tkazilgan va unga farzandlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash har bir otaning burchi ekani tushuntirilgan.
Bunday maslahat va suhbatdan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor ota o‘sha kuni farzandlari ta'minotini o‘ylab, shu paytgacha bo‘lgan qarzi 84 million 280 ming so‘m pulni to‘lab bergan.
Mavzuga oid
18:42 / 05.06.2026
Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi
21:02 / 04.06.2026
Tug‘uruqxonadan janozagacha: Ishtixondagi fojiali to‘rt kun
20:26 / 10.05.2026
Rasmiy daromadga ega bo‘lmaganlar uchun aliment hisoblashda qo‘llaniladigan miqdorlar oshdi
17:59 / 06.05.2026