«Ayollarni zo‘ravonlikdan asrash uchun erkaklar bilan ishlash mexanizmini yaratish kerak» – Reabilitatsiya markazi rahbari
2021 yilning dastlabki 5 oyida respublikadagi reabilitatsiya markazlariga 5500 nafar ayol murojaat qilgan. Shundan 3500 nafari zo‘ravonlikka uchragan ayollardir. Bular orasida eng katta raqamni ruhiy va jismoniy zo‘ravonlikka uchraganlar tashkil etadi. Bu haqda Kun.uz muxbiriga Respublika reabilitatsiya markazi direktori Muqaddam Rasulova ma'lum qildi.
«Har bir muammoning ildizi bartaraf etilmasa, takrorlanaveradi. Reabilitatsiya markazlariga ayollar zo‘ravonlikka uchrab bo‘lgandan keyin murojaat qilishadi. Aslida oilada shungacha bo‘lgan holat o‘rganilishi va buning oldini olish lozim.
Biz bir tomonlama ishlayapmiz: jabr ko‘rgan ayolga psixik, yuridik jihatdan yordam beryapmiz, lekin unga zo‘ravonlik qilgan turmush o‘rtog‘i bilan ishlashimiz kerak, bu erkak ham shunday psixologik va yuridik tarbiyaga muhtoj bo‘lishi mumkin. Ayollarga ana shunday ikki tomonlama yordam berilishi kerak. Faqat ayolning emas, oilaning muammosi hal qilinsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi», deydi Muqaddam Rasulova.
Ta'kidlanishicha, oilada kelishmovchilik holatlari bo‘lganda barcha mulk erkakning nomida bo‘lgani sababli ayollar farzandlari bilan ko‘chada qolishadi. Huquq-tartibot idoralari tomonidan ular uyiga kiritib qo‘yilgan taqdirda ham oilada yuzaga kelgan psixologik muhit tufayli ayollar bu oilada yashab ketishlari qiyin bo‘ladi.
«Bu masalalarda Oila kodeksiga bir qator o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha o‘z takliflarimizni berganmiz. Chunki ba'zi holatlarda ajrim yoqasida turgan oilalarda erkaklar o‘z nomidagi mulkini boshqa yaqinlarining nomiga rasmiylashtirishga urinishadi. Yoki aliment to‘lashdan qochib o‘z ish joylarini maoshi kam ishga o‘zgartirishadi. Bunaqa holatlarga barham berilishi kerak.
Reabilitatsiya markazlarida yordam so‘rab kelgan ayollarga barcha imkoniyatlar yaratiladi: psixologik va tibbiy muolajalar olishadi, farzandlari maktablarga joylashadi. Lekin bu ayol ertaga jamiyatga, oilaga qaytishi kerak. Oilasida zo‘ravonlikka uchragan aksariyat ayollar u yerga qaytishni istashmaydi. Ular kelgusida yashashlari uchun uy-joy masalasi, o‘zlarini ta'minlashi uchun ish topish, kasb-hunar o‘rganishlari kabi muammolar tug‘iladi», deydi markaz rahbari.
Avvalroq, oiladagi zo‘ravonlikning oldini olish uchun erkaklarni tarbiyalash va bunda mahalla ishtirokini o‘zgartirish taklif qilingan edi.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Panamada energiya ta’minoti blekautdan so‘ng tiklandi
Jahon | 13:18
-
Sog‘liqni saqlash, bandlik, bank sohalarida korrupsiyaviy holatlar yuqori – Senat
O‘zbekiston | 13:14
-
Ispaniya O‘zbekistonda yirik nasos stansiyalarini qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tkazadi
Iqtisodiyot | 13:13
-
Uitkoff Tramp Putin bilan telefonda gaplashmoqchi ekanini ma’lum qildi
Jahon | 13:10
Mavzuga oid

21:51 / 13.03.2025
“Bolalarni qo‘rqoq qilib qo‘ymasligimiz kerak” - bog‘chadagi zo‘ravonliklar haqida suhbat

16:33 / 06.03.2025
Biz har bir bola bog‘chada o‘zini erkin, xavfsiz va quvnoq his qilishini xohlaymiz - Hilola Umarova

17:01 / 03.03.2025
“O‘lib qutulayotgan” ayollar: jazodan qo‘rqmayotgan zo‘ravonlar va xorij tajribasi asosida ularni erta aniqlash yechimi

08:51 / 22.02.2025