Italiya Belgiyadan ötdi, Angliya Ukrainani tor-mor etdi va Daniyani kutmoqda. 1/4 finalning asosiy voqealari
|17:22 / 04.07.202126 9559 min
Yevropa çempionatida tört jamoa qoldi.
Ispaniya Şveytsariyaga qarşi öyinni asosiy vaqtda hal qila olmadi va penaltilar seriyasida omad evaziga ğalaba qozondi, Italiya Belgiyani mağlub etdi — endi Londondagi ilk yarimfinal 2012 yilgi Kiyev yarimfinali takrori böladi.
Daniya Çexiya tösiğidan ötdi, Angliya esa Ukrainani tor-mor etdi — «Uembli»dagi ikkinçi yarimfinalda bu turnirning asosiy sensatsiyasi mualliflari va turnirning hal qiluvçi qismi mezbonlari töqnaşadi.
Ispaniya Yevro-2020ning Sankt-Peterburgdagi qismini yopib berdi va yana bir sensatsiya röy berişiga yöl qöymadi. Şveytsariya pley-offda qatorasiga ikkinçi öyinni penaltilar seriyasiga olib bordi, ammo ikkisida ham ğalaba qozonib Yevropa çempionati tarixiga kiriş imkonidan foydalana olmadi. Fransiyaga qarşi öyinda ikki töp farqi bilan ortda boraturib, hisobni tenglaştirgan Vladimir Petkoviç jamoasi yana bir favoritni qöşimça bölimlarda ter tökişga majbur qildi.
Mavzuga oid
Ispaniya birinçi bölimda tezkor gol urdi, Alba hujumga qöşilganida Zakariya töpni Zommer darvozasiga yöllab qöydi. Bu Yevro-2020dagi öninçi avtogol böldi — bu avvalgi çempionatlarda urilgan barça avtogollar sonidan (9) va bir yevroturnirdagi eng yaxşi töpurarning gollari sonidan (9 - Mişel Platini) köproq.
Şveytsariya ikkinçi bölimda raqibning xatosidan foydalandi (Şaqiri gol muallifi), ammo köp ötmay bir kişi kamçilik bölib qoldi (Froylerning çetlatilişi bahsli böldi) va penaltilar seriyasigaça turib berdi (diskvalifikatsiya tufayli öynay olmagan Çaka yana nutq irod etdi). Unai Simon ispanlarni yarimfinalga olib çiqdi va Zommerdan köra köproq zarbani qaytarib, bu oqşomning eng yaxşi futbolçisiga aylandi.
Yevro-2020ning asosiy ikki favoriti uçraşuvida Italiya Belgiyadan ustun keldi. Roberto Mançini jamoasi öyinni nazorat qildi, öz faolligi va pressingi bilan raqibga öyin bermadi, qarşi hujumlarda ildamroq harakat qildi, raqib hujumlarini töxtatdi va vaziyatlardan foydalandi.
Myunxenda keçgan çorak finalidagi barça gollar tanaffus arafasidagi 15 daqiqalikda kiritildi. Barellaning goli barçani oyoqqa turğazdi, jumladan, hujum vaqti ayyorlik bilan darvoza oldiga yiqilib olgan Immobileni ham. Insine esa yana bir çiroyli yurişini çiroyli zarba bilan yakunlab hisobni ikkitaga oşirdi. Lukaku penaltidan hisobni qisqartirdi, u ikkinçi bölimda yana bir gol urişga yaqin keldi. Ammo Spinatssola forvardning zarbasini darvoza çiziği oldida orqa turgan holda tösib qoldi. Lekin uşbu qahramon himoyaçi keyinroq oğir jarohat olib, turnirdagi iştirokini yakunladi.
Belgiya öz oltin avlodi bilan yana bir yirik turnirni finalga yetib bormasdan yakunladi. FIFA reytingidagi yetakçi, turnirning asosiy favoriti sanalgan Roberto Martines jamoasi kerakli pallada özining eng kuçli öyinini körsata olmadi. Jarohatlangan Eden Azar jamoa turnirni tark etişini zaxiradan kuzatdi, De Breyne esa oğir jarohati bor bölaturib, maydonda oxirigaça kuraşdi.
Italiya rekordlar qöyişda davom etadi: bu safargi Yevropa çempionati siklida qatorasiga 15 ğalaba (belgiyaliklar 14da töxtaşdi), şundan beştasi — turnirning final bosqiçida. Şuningdek, Mançini jamoasi mağlubiyatsiz seriyasini 32 öyinga yetkazib qöydi (bu borada jahon rekordi Braziliya va Ispaniyada — 35tadan).
Daniya Bokudagi öyinda Çexiyani mağlub etdi. Kasper Hyulmand şogirdlari Rossiya (4:1) va Uels (4:0) ustidan qozonilgan yorqin ğalabalar ortidan yana bir muhim öyinni öz foydalariga hal etişdi. Şimolliklar 29 yil içida ilk bor yirik turnir yarimfinaliga çiqişdi, bundan yuqori natija faqat 1992 yilda qayd etilgan — öşanda tasodifan turnirga kelib qolgan daniyaliklar Yevropa çempioni bölişgandi.
Daniyaliklar burçak zarbasidan keyin tezkor gol urişdi, bu vaziyatda Dileyni raqib jarima maydonida böş qoldirilgandi. Tanaffus arafasida ikkinçi gol urildi — Mehlening qanotdan bergan ajoyib pasini 1/8 finalda uelsliklarga dubl qilgan Dolberg darvozaga joylab qöydi.
Çexlar birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda hisobni qisqartirişdi, Şik öziga xos tarzda Şmeyxel qöriqlayotgan darvoza oldiga yorib kirib, turnirdagi beşinçi golini urdi. Uşbu forvard Yevro-2020 töpurarlari röyxatida Ronaldu bilan tenglaşib oldi, ammo u endi gollari sonini oşira olmaydi. Daniyaliklar ikkinçi bölimda ğalabali hisobni saqlab qolişga erişdi.
Angliya Rimdagi öyin tanaffusidan keyin Ukraina darvozasiga gollarni qatorlaştirdi va yirik hisob bilan yarimfinalga çiqdi. Andrey Şevçenko jamoasi birinçi bölimdagi öyinini davom ettirmoqçi böldi, ammo himoya çiziği vakillari xatolari öyin taqdirini tezda hal qildi.
Angliya safida Yevro-2020 öyinlarida şanba kuniga qadar faqat ikki futbolçi gol urgandi: Sterling — uçta, Keyn esa nimçaork finalda Germaniyaga qarşi öyinda terma jamoaning turnirdagi törtinçi golini urib, masalani hal qilgandi. Bungaça 4 öyinda jami 4 gol urgan Garet Sautgeyt jamoasi ukrainlar darvozasiga bir öyinda yana şunça gol yölladi. Sterling va Keyn 4-daqiqadayoq tezkor golni uyuştirişdi, tanaffusdan keyin Sterlingning tovoni orqali pas qabul qilib olgan Şou qanotdan Maguayrning boşiga töpni qöndirib berdi, şu işni Keyn bilan ham takrorladi, köp ötmay Henderson Mauntning burçakdan uzatgan töpini darvozaga joyladi. Bir öyinda boş bilan uçta gol — bu Yevropa çempionati rekordi.
Sautgeyt jamoasi Yevro-2020da birorta gol ötkazmagan yagona jamoa bölib qolmoqda. Inglizlar Londonga qaytadi, ular futbolni uyiga qaytarişmoqda. Barça hal qiluvçi öyinlarga «Uembli» mezbonlik qiladi: birinçi yarimfinalda 6 iyul kuni Italiya va Ispaniya öynaydi, ikkinçisi — 7 iyul kuni Angliya va Daniya örtasida ötkaziladi.