Italiya va Angliya qoldi. Sterlingning şov-şuvli yiqilişi va Morataning penaltisi: Yevro 1/2 finalining asosiy voqealari
|22:50 / 08.07.202130 06111 min
Angliya - Yevro finalida. Futbol uyga qaytmoqda, ammo nohaq penaltidan keyingi qora yöl bilan.
Yevropa çempionatining yarimfinali qanday voqealar bilan yodda qoldi?
Hal qiluvçi öyinga London mezbonlik qiladi.
6 iyul kun oqşomida «Uembli»da keçgan birinçi yarimfinal bahsida Italiya penaltilar seriyasida Morataning hal qiluvçi zarbada xatoga yöl qöyişi oqibatida Ispaniyani uyiga ravona qildi.
Angliya esa 7 iyul kungi ikkinçi yarimfinalda qöşimça bölimlarda Sterling işlagan bahsli penalti tufayli Daniya tösiğidan ötdi.
Italiya va Ispaniya örtasidagi uçraşuv avvaldan turnirning eng tomoşabop, mazmunli va dinamik öyini bölişi kutilayotgandi, amalda ham şunday bölib çiqdi — bu hozirça turnirning sifatli futbol jihatdan eng yaxşi uçraşuviga aylandi. Ikki jamoa öyin uslubida özaro öxşaş jihatlar bor edi. Ikki jamoa ham töpga egalik qilişni istaydi, ikki jamoa ham yuqori pressing va kontrpressing qöllaydi, hatto bir xil sxemadan foydalanadi - 4-3-3.
Mavzuga oid
Roberto Mançini boşçiligidagi hozirgi Italiya hozirgi Ispaniyadan köra köproq ispança futbol namoyiş etmoqda. Butun turnir mobaynida Italiya dominant mavqeda öynadi. «Skuadra adzurra» öz öyini bilan ispanlarga xos bölgan tiki-takining zamonaviy versiyasini eslatib yubordi va Yevroning eng yorqin jamoasi sifatida olqişlarga sazovor böldi.
Ispaniyaga qarşi öyinda esa Roberto Mançini jamoasi azaliy uslubiga qaytişiga töğri keldi. Luis Enrike yigitlari öyin davomida barça jabhalarda ustunlik qilişdi, ammo vaziyatlardan foydalana olişmadi, ammo raqibni penaltilar seriyasida iştirok etişga majbur qildi.
«Uembli» asosan Londonda yaşovçi muxlislar bilan tölgandi — şuningdek, bu öyin uçun turnirning avvalgi bosqiçlarini qurbon qilgan italyanlar va ispanlar bilan (Britaniyadagi karantin qoidalariga köra, uşbu mamlakatga kelgaç, 10 kunlik karantinda ötiriş kerak).
Kellini va Bonuççi, Veratti va Jorjino himoyada katta iş qilişiga töğri keldi. Bir soat çidab bergan italiyaliklar Kezaning çiroyli zarbasidan keyin yengil tin olişdi. Enrike katta farq bilan töpga egalik qilişda ustunlik qilişi natija bermadi, ammo zaxiradan tuşgan Morata öyinning oxirgi qismida Olmoning uzatmasini golga aylantirib, hisobni tenglaştirdi. Yevro-2020ning asosiy yoş yulduzlaridan bölgan Pedri top-matç ötkazib, uzatmalar aniqligi böyiça fenomenal natija körsatdi.
Tomonlar qöşimça bölimlarda ehtiyotkorlik bilan harakatlanişdi va öyinni penaltilar seriyasigaça çözişdi. Unai Simon birinçi zarbani - Lokatellining zarbasini qaytardi, ammo undan keyin Olmo ham xato qildi, Morata esa Donnarummani alday olmadi.
Ispaniyalik forvard penaltilar statistikasini yanada yomonlaştirdi va ispan muxlislaridan navbatdagi tahdidlarni qabul qilişda davom etadi, «Milan»dan «PSJ»ga ötayotgan italiyalik darvozabon esa keça qahramoniga aylandi.
Italiya mağlubiyatsiz seriyani 33 öyinga yetkazdi. Jahon rekordi Braziliya va Ispaniyaga tegişli — 35. «Skuadra adzurra» öz tarixida törtinçi bor Yevropa çempionati finaliga çiqdi.
Angliya termasi qatorasiga ikkinçi yirik turnirda yarimfinalda öynaşi bu jamoaning salohiyatiga şubha bilan qaraganlarga javob böldi. Öyindan oldin inglizlar boş murabbiyi Garet Sautgeyt şunday dedi: «Köpçilikda biz bunday musobaqalarda yaxşi iştirok eta olmasligimiz haqida tasavvur bor. Hozir esa yigitlarimiz bunday tasavvurlarni yöqqa çiqarmoqda». Angliyaliklar hamişa turnir favoritlari qatorida bölişadi va Angliya futbol vatani hisoblanadi, ammo ularning tarixdagi natijalari juda va juda kamtarona. Inglizlar faqat 1966 yilda Angliya mezbonligidagi turnirda muvaffaqiyat qozonişgan. Şu bilan böldi — jamoa şundan keyin jahon va Yevropa çempionatlarida hatto finalga ham çiqişmagan. Daniyaliklar esa 29 yil muqaddam Yevropa çempionatida ğolib bölişgandi.
«Football's coming home», — şu kunlarda butun Angliya bu sözlarni takrorlamoqda. Yevro-1996 uçun yozilgan qöşiq yangi hayotini boşladi. Çorak asr muqaddam «Uç şerlar» uydagi turnirda yarimfinaldagi penaltilar seriyasida nemislarga yutqazgandi. Hal qiluvçi 11 metrlik zarbani öşanda Sautgeyt golga aylantira olmagandi. Bu haqda Germaniyaga qarşi 1/8 final arafasida ham köp eslaşgandi, bu safar yana bir sabab paydo böldi — Yevro finaliga çiqiş uçun öyin yana «Uembli»da edi.
Daniyaga qarşi Sautgeyt tört himoyaçili taktika tanladi — xuddi Ukrainaga qarşi öyindagi kabi. Tarkibdagi futbolçilar ham öşa öyindagi bilan deyarli bir xil edi — faqat hujum qanotida Saka Sanço örnini egalladi. Daniyaliklar ham heç qanday syurpriz bölmadi.
Ikki jamoa ham maydonga katta iştiyoq bilan tuşişgandi. Birinçi bölimning dastlabki qismida britanlar hujumga ötişning barça yöllarini qöllab körişdi — qanotlar orqali hujumlar, uzun uzatmalar, çiziqlar orasidan yorib ötişga urinişlar. Qanotlardan uzatmalar ham iş bermadi — daniyaliklar himoyani qattiq uşlaşdi.
Natijada birinçi bölib daniyaliklar gol urişdi: Damsgor jarima zarbasini şunday ijro etdiki, Pikfordning sakraşi gol faqat çiroyli bölişini ta'minladi. «Uembli» mutlaqo özgaça çiqdi: bu ham Yevro-2020dagi jarima nuqtasidan urilgan ilk gol böldi, ham inglizlar turnirda ilk bor gol ötkazişi böldi. Ammo Pikford baribir Gordon Benks tomonidan 1966 yilgi turnirda örnatilgan «quruq» seriya ötkaziş böyiça rekordni yangilaşga ulgurdi (afsonaviy jahon çempioni 1966 yilning may-iyul oylarida jami 720 daqiqa davomida darvozasi daxlsizligini saqlagandi, Jordan esa bunday daqiqalarni 725 daqiqaga yetkazib qöydi).
Qayd etiş kerakki, jarima zarbasi arbitr Danni Makkelining xatosi bilan belgilangandi. Hakam Lyuk Şou Andreas Kristiansen bilan töp uçun kuraşda qöpollik qildi deb topdi, ammo daniyalik futbolçi özi yiqilgandi.
Angliyaliklar tezda öziga keldi va hujumlarni davom ettirişdi. Avvaliga Sterling qulay vaziyatni yöqqa çiqardi, keyingi vaziyatda Ker unga gol urişga yöl qöymadi - u joriy turnirdagi 11-avtogol muallifiga aylandi. Bu epizodda barça işni Keyn va Saka bajarişdi, «Arsenal» futbolçisining jarima maydoniga yorib kirib bergan uzatmasini tösişga uringan himoyaçi töpni öz jamoasi darvozasiga yöllab qöydi.
Ikkinçi bölimdagi öyin Angliyaning bu Yevrodagi eng yaxşi öyini böldi. Şmeyxel Maguayrning boş bilan bergan zarbasini darvoza ustuni yonidan qaytarib yubordi, Pikford ham Dolbergning murakkab zarbasini tösdi, keyin daniyaliklar darvozasiga yana bir avtogol urilişiga bir baxya qoldi...
Vaziyatlar yetarliça böldi, ammo öyinning sönggi 15 daqiqasida tomonlar kuç tejab, qöşimça bölimlarga tayyorlana boşlaşdi. Overtaymda esa inglizlar raqibni taslim qilişdi.
Maydon egalari öyin penaltilar seriyasigaça davom etmasligi uçun barça işni qilişdi. Sterling skandinavlar himoyasini yorib ötişga muvaffaq böldi va penalti işladi. Aytiş kerakki, bu juda bahsli penalti böldi.
Öyinning 103-daqiqasi ötib borayotgan vaqtda uçraşuv hakami yana xato qildi. U daniyaliklar jarima maydonida Rahim Sterlingga fol qayd etilgan deb topdi va 11-metrlik nuqtani körsatdi.
Ammo takrorlarning heç birida referining qarori töğri bölganini körsatuvçi kadr yöq edi: na Yoakim Mehle va na Matias Yyensen angliyalik futbolçi bilan kuraşda qoida buzgandi - ularning harakatlari futbolçining yiqilişiga sabab bölmagandi. Videotakrorlardan keyin ham hakam qarorini özgartirmadi.
Qolaversa, hujum uyuştirilayotgan vaqtda maydonda, Daniya darvozasi yaqinida ikkinçi töp ham bor edi va hakam öyinni töxtatmadi.
Nuqtaga Keyn yaqinlaşdi... Şmeyxel tösdi. Ammo inglizlar töpurari qaytgan töpga birinçi bölib yetib keldi — tribunalar aqldan ozayozdi.
Sautgeyt ikkinçi qöşimça bölim oldidan ehtiyotkorlikka urğu qaratdi va uç markaziy himoyaçi bilan öynay boşladi. Ikkinçi bölimda Saka örniga tuşgan Griliş maydondan olinib, uning örniga tuşirildi. Bu esa ertakni yarimfinalda yakunlayotgan daniyaliklarga hukm öquvçi qaror edi.
Daniyaliklar 105-daqiqadan bir kişi kam bölib qolişdi. Matias Yyensen ikkinçi qöşimça bölimga çiqmadi: tanaffus arafasida uşbu futbolçi jarohat olib maydondan çiqdi. Uning örniga esa boşqa futbolçi tuşmadi - Kasper Yulmann asosiy vaqtda ruxsat berilgan barça almaştirişlarni amalga oşirib bölgan, qöşimça bölimlar uçun yagona almaştiriş esa Yyensen jarohatlanişidan bir neça soniya oldin qilingandi – 105-daqiqada maydonga Yonas Vind tuşgan.
Angliya 55 yil içida ilk bor katta turnirlarda finalga çiqdi va Yevropa çempionatidagi ilk ğoliblik uçun yaxşi imkoniyatga ega böldi. Bu katta yutuq böladi, ammo 11 iyul oqşomida «Uembli»da ötadigan öyinda italyanlarga yutqaziş esa fojia sifatida qabul qilinadi.