Qarşi şahrida noqonuniy valuta savdosi bilan şuğullangan şaxs uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi departamentning Qarşi şahar bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.A. qonunga xilof ravişda valuta qimmatliklarini oliş va ötkaziş bilan şuğullanayotgani aniqlangan. U 48 ming Turkmaniston manatining har bir manatini 2 080 sömdan hisoblab, xaridorga 99,8 million sömga sotişga kelişib, şundan 50 million sömini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravişda oliş yoki ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Andijonda valutafuruşlar 10 ming dollar savdosi ustida qölga olindi












