Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida noqonuniy tartibda alyuminiydan uy-rözğor buyumlari işlab çiqarayotgan korxonalar aniqlangan. Bu haqda viloyat Ekologiya boşqarmasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Navoiy viloyati Ekologiya boşqarmasi mas'ul xodimlari hamda şu hududning mahalla raislari bilan Qiziltepa tumanining «Yaşnobod» hamda «Gulzor» MFY hududida örganiş işlari olib borilgan. Örganiş davomida «Gulzor» MFYda joylaşgan sanoat zonasi hududida «Kristall elegant invest» korxonasi hamda «Yaşnobod» MFYdagi sanoat zonasi hududida «Azizbek Farangiz Grant» korxonasi noqonuniy tartibda alyuminiy eritib, har xil uy-rözğor buyumlari işlab çiqarilayotgani aniqlangan.

Qayd etilişiça, har ikki korxonada işlab çiqariş jarayonida atmosfera havosiga inson salomatligiga ta'sir körsatuvçi turli xil moddalar çiqarilgan. Bundan taşqari, hosil bölgan işlab çiqariş çiqindilari bilan hudud hamda hududdan taşqari joylar ifloslantirilgan.

Alyuminiy eritiş korxonalari Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 sentyabrdagi «Atrof-muhitga ta'sirini baholaş mexanizmini yanada takomillaştiriş töğrisida»gi 541-sonli qaroriga asosan, atrof-muhitga ta'sir körsatuvçi 1-toifaga mansub (yuqori darajadagi xavfli) obekt hisoblanadi. Şu sababli, har ikkala korxona qonuniy faoliyat yuritiş uçun Qiziltepa tuman Ekologiya inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan ularga ogohlantiriş xatlari berilgan. Ularga qonuniy çora köriş uçun töplangan hujjatlar tuman prokuraturasiga taqdim etilgan.