Xitoy xomaşyo tovarlariga narxlarni uşlab turiş va bozorni qöllab-quvvatlaş uçun davlat zaxiralarida saqlanayotgan 100 ming tonna mis, alyuminiy va rux metallarini sotuvga çiqaradi.

Xitoy iyun örtasida xomaşyo tovarlari narxlari oşişi va tobora köpayib borayotgan sarflar sababli işlab çiqaruvçilarga tuşayotgan bosimni çeklaş uçun davlat zaxiralaridan asosiy sanoat metallarini sotişni boşlaşini e'lon qilgandi. Metallar auksionlar orqali xitoylik işlab çiqaruvçilarga sotiladi.

Nyu-York tovar birjasida joriy yil boşidan beri mis narxi 20 foizdan köproqqa, oxirgi yil esa deyarli 1,5 marotaba kötarilgan.

Londonning metallar birjasida esa alyuminiy narxi iyul boşida 2011 yil iyulidan beri eng maksimum qiymatlargaça kötarilgan. Bunga avtomobil va quriliş tarmoqlari tomonidan uşbu metallga talab oşgani sabab bölgan.