Ma'lum qilinişiça, hodisa joriy yil 5 iyul kuni sodir bölgan. Viloyat IIB YPX inspektori O.Tursunov Qarşi şahar A.Temur köçasidagi piyodalar yölakçasi ustida qoldirilgan va piyodalar ötişiga xalaqit qilib turgan «Neksiya» maşinasini evakuatorga ortayotganda haydovçining öğli YPX xodimini tepib kuç işlatgan. Söng u özidan ketib qolgani uçun şifoxonaga olib ketilgan. Otasi esa boşqalar yordamida «Neksiya»ni evakuatordan böşatib minib ketgan.

Hodisa yuzasidan IIV matbuot kotibi tomonidan izoh berildi. Unda yozilişiça, YPX xodimi piyodalar yölakçasida turgan «Neksiya» maşinasi uçun qoidabuzarlikni tegişli tartibda rasmiylaştirmoqçi bölganda uning haydovçisi O.O. YPX xodimining qonuniy talablariga böysunmagan. Unga hujjatlarni taqdim etmasdan, maşinada birga bölgan xotini X.Ş. va öğli T.S. bilan birgalikda janjal kötarib, atrofdagilarning e'tiborini jalb qilgan.

Ayol kişining baqiriqlariga töplangan fuqarolar, xodimlarning faoliyatiga qarşilik körsatişgan. Şu jarayonda janjaldan foydalanib, haydovçi «Neksiya»ni minib, voqea joyidan yaşiringan.

Qayd etilişiça, hozirda janjal iştirokçilarining barçasi aniqlanib, Qarşi şahar prokuraturasi tomonidan tergovoldi suriştiruv işlari olib borilmoqda. Şuningdek, YPX xodimlarining harakatlariga qonuniy baho beriş uçun xizmat tekşiruvi tayinlangan.