Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda haydovchi YPX xodimlari tomonidan kaltaklangani aytilgan hodisaga izoh berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida haydovchilardan biri YPX xodimlari tomonidan kaltaklangani aytilgan video tarqaldi. IIV matbuot kotibi mazkur hodisa yuzasidan izoh berdi.
Ma'lum qilinishicha, hodisa joriy yil 5 iyul kuni sodir bo‘lgan. Viloyat IIB YPX inspektori O.Tursunov Qarshi shahar A.Temur ko‘chasidagi piyodalar yo‘lakchasi ustida O.O. boshqaruvidagi «Neksiya» piyodalar o‘tishiga xalaqit qilib turgani uchun qoidabuzarlikni tegishli tartibda rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan. «Neksiya» haydovchisi O.O. YPX xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan. Unga hujjatlarni taqdim etmasdan, mashinada birga bo‘lgan xotini X.Sh. va o‘g‘li T.S. bilan birgalikda janjal ko‘tarib, atrofdagilarning e'tiborini jalb qilishgan.
Ayol kishining baqiriqlariga to‘plangan fuqarolar, xodimlarning faoliyatiga qarshilik ko‘rsatishgan. Shu jarayonda janjaldan foydalanib, haydovchi avtotransportiga minib, voqea joyidan yashiringan.
Qayd etilishicha, hozirda janjal ishtirokchilarining barchasi aniqlanib, tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, xodimlarning harakatlariga qonuniy baho berish uchun xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Mavzuga oid
09:00 / 14.06.2026
“GAI”dan takliflar, renovatsiya qonuni va qaytarib olingan zavod – hafta dayjesti
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
15:05 / 19.05.2026