Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida xizmatdan tashqarida bo‘lgan YPX xodimi qoidani buzgan haydovchilardan biriga nosamimiy munosabatda bo‘lgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, unga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 27 iyun kuni Dexqonobod tumani IIB YHXB YHXG YPX inspektori kichik serjant A.T. Dexqonobod tumani IIB boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, yashash uyi Qarshi tumani «Kojor» MFYga ketgan. U uyiga yaqinlashgan vaqtda Qarshi tumani Yertepa chorraxasidan, «Neksiya» mashinasi svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanib, A.T.ning yo‘liga chiqib ketgan.

Qayd etilishicha, ushbu yo‘nalishda xizmatga jalb qilingan Qarshi tumani IIB YHXB YHXG YPX inspektori kichik serjant B.B. «Neksiya»ni to‘xtatgan. U haydovchining hujjatlarini ko‘zdan kechirayotganda kichik serjant A.T. ularning muloqotiga aralashgan. U haydovchiga qizil chiroqdan harakatlangani va avariya holatini keltirib chiqarganini bildirgan.

Shundan so‘ng, kichik serjant B.B. haydovchi X.O.ga sodir etgan qoidabuzarligini tushuntirib unga nisbatan ma'muriy bayonnoma tuzgan. Haydovchi X.O. sodir etgan qoidabuzarligi yuzasidan tanishib barmoq izini bosib tasdiqlagan. Shu vaqtda kichik serjant A.T. fuqaro X.O.ga nisbatan nosamimiy munosabatda bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan A.T.ga nisbatan Dexqonobod tumani IIB mas'ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Samarqandda bir-biriga hujjat ko‘rsatmagan haydovchi va YPX xodimining xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi

Haydovchining mashinasini jarima maydoniga asossiz joylashtirgan YHXB xodimlariga «hayfsan» va «tanbeh» berildi